Oʻrta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi
Address
O‘rta Chirchiq tumani Xalqobod MFY
Ibn Sino ko‘chasi 17 uy
41.07295641016285, 69.23294179004625
Toshkent
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent, O'rtachirchiq, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Ibn Sino 17 uy, 111501, Uzbekistan
Maʼlumot
Maktab turi Budjet, kasb-hunar
Asos solingan sanasi 2009
Ochilgan sanasi 2020
Maktab raqami +998(99)5197001

+998(99)8503125

Direktor Shermatov Avaz Alidjanovich
Asst. Principal Ayubova Dilafruz Xamidullayevna

Yuldasheva Lazokat Umarovna

Karimova Zulfiya Sotboldiyevna

Oʻquvchilar soni 750
Classes 14
Area 2,4 gektar
Website


Oʻrta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi[1] – Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan, Axborot texnologiyalari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. Muassasa 435 oʻringa moʻljallangan.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda O'rta Chirchiq axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2009-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni[2] bilan O‘rta Chirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan.

Bino tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 30 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi va 30 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 750 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.

Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil
  • dual taʼlim, muddati 2 yil
  • Manzil:[3] Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, Xalqobod MFY, Inb Sino koʻchasi 17-uy

Tayyorlaydigan kasblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 30610201 - Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi
  2. 30610101 - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
  3. 30720707 - Tikuvchi
  4. 30810101 - Qishloq xo‘jaligi mashinalarini ta’mirlash chilangari
  5. 30710401-Eletromontyor
  6. 31020201-Qutqaruvchi
  7. 31030101-O't o'chiruvchi
  8. 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
  9. 30720412 - Mebel ishlab chiqarish (dual)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oʻrtachirchiq Kasb hunar maktabi“. YouTube. Qaraldi: 18-mart 2024-yil.
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  3. „Oʻrtachirchiq tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi manzili“.