Ilyos Oʻrozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'rozov Ilyosdan yoʻnaltirildi)

Ilyos Oʻrozov (1922.15.10, Yangiyoʻl tumani – 1945.11.2, Vengriya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1940-yilda sanoatiqtisod texnikumini tugatgan. 1941-yildan armiya safida. 1944-yil kichik leytenantlar kursini tugatgan. 572-oʻqchi polki (2-Ukraina fronti, 57-armiyaning, 233-oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1944-yil 13–20-oktabrda platsdarmni kengaytirish uchun boʻlgan jangda va 12-noyabrda Dunay daryosini kechib oʻtish (sobiq Yugoslaviyaning Sambor shahri yaqinida)da koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.23.4, vafotidan soʻng). Oʻrozov oʻqigan maktab uning nomi bilan atalgan.