Ilyos Oʻrozov
Jump to navigation
Jump to search
Ilyos Oʻrozov (1922.15.10, Yangiyoʻl tumani – 1945.11.2, Vengriya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1940 yilda sanoatiqtisod texnikumini tugatgan. 1941 yildan armiya safida. 1944 yil kichik leytenantlar kursini tugatgan. 572-oʻqchi polki (2-Ukraina fronti, 57-armiyaning, 233-oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1944 yil 13–20 oktyabrda platsdarmni kengaytirish uchun boʻlgan jangda va 12 noyabrda Dunay daryosini kechib oʻtish (sobiq Yugoslaviyaning Sambor shahri yaqinida)da koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.23.4, vafotidan soʻng). Oʻrozov oʻqigan maktab uning nomi bilan atalgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |