Oʻlchovlar metrik tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'lchovlarning o'nlik tizimidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Oʻlchovlar metrik tizimi, oʻlchovlarning oʻnlik tizimi — uzunlik birligi uchun metr asos qilib olingan fizik kattaliklar majmui. Dastlab, Oʻlchovlar metrik tizimit.ga, metrdan tashqari, yuza (kvadrat metr), hajm (kub metr), massa [kilogramm (4° dagi 1 dm3 suvning massasi) oʻlchovlari hamda litr, ar (yer yuzalarini oʻlchash uchun)] va tonna (1000 kg) ham kirar edi.

Oʻlchovlar metrik tizimit. fransuz olimlari (J.Borda, M.J.Kondorse, P.Laplas, G.Monj va boshqalar)dan tuzilgan komissiya taklifiga koʻra, uzunlik birligi — metr uchun Parij geografik meridiani 1/4 uzunligining oʻn milliondan bir qismi qabul qilingan. Fransiyada Oʻlchovlar metrik tizimit.ni joriy qilish haqidagi dekret 1795 yil 7 aprelda qabul qilinib, 1799 yilda platinadan metrning namunasi yasalgan. 1875 yil 17 ta mamlakat (shu jumladan, Rossiya ham) xalqaro bir xillikni taʼminlash va oʻlchovlar tizimini takomillashtirish maqsadida oʻlchovlar haqidagi shartnomaga qoʻl qoʻydi.

1899 yil 4 iyunda qabul qilingan qonun bilan Rossiyada Oʻlchovlar metrik tizimit.dan foydalanish (majburiy boʻlmagan holda) joriy qilindi. Bu qonun loyihasini S.N.Mendeleyev ishlab chiqqan. Sobiq SSSR da, shu jumladan, Oʻzbekistonda 1925 yil 24 iyuldan boshlab qonuniy tus oldi.