Nyasa
Nyasa, Malavi — Afrikadagi koʻl. Mozambik, Tanzaniya va Malavi hududlarida. Sharqiy Afrika yoriklar zonasidagi tektonik botiqda, 427 m balandlikda joylashgan. Maydoni 30,8 ming km², uz. 580 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 726 m. Shimoliy va shim.-sharqiy qirgʻoklari baland, tik va qoyali, jan. — past. Kul Shire daryosi orqali Zambezi daryosiga oqadi. Baliqqa boy (230 dan ortiq turi, kupi endemik), timsoh, karkidon yashaydi. Balik, ovlanadi. Kema qatnaydi. Kul sohilida Nkota-Kota, Karonga, Bandave, Mvaya, Mbaiba-Bey, Kobve, Metangula yirik port shaharlari joylashgan. Kul atrofi milliy bogʻ tarkibida.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |