Nuklonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nukleonlardan yoʻnaltirildi)

Nuklonlar, nukleonlar — atom yadrosini tashkil qiladigan zar-ralar — proton va neytronlarning umumiy nomi. Proton va neytron massasi deyarli birbiriga teng (tr=938,2 MeV va tp=939,5 MeV) boʻlgani, proton va neytron spini boʻlib, oʻzaro kuchli taʼsirlarda bir xil zarradek taʼsirlangani uchun proton va neytron bitta zarra (nuklon)ning ikki elektr xrlati deb qaraladi. N., asosan, uchta kvant soni — barion zaryadi (V=1), ajiblik kvant soni (^=0) va izotopik spin (/ = j) bilan ifodalanadi.

Spinlari biror yoʻnalish boʻyicha joylashgan N. oqimi N.ning qutblangan dastasi deyiladi. N.ni qutblashning bir necha usuli mavjud. Mas, sekin harakatlanuvchi pro-tonlarning qutblangan dastasini maxsus ion manbai yordamida olish; yadro va elektromagnit sochilish hodisasi nati-jasida nuklonlarni qutblash va h.k.

N.ning turli xil sochilishi nuklon spinining yoʻnalishiga va taʼsir qiluvchi kuchlarga bogʻliq. Shuning uchun sochilishigacha nishonga tushuvchi qutblanmagan dastani qutblangan va qutblanmagan N. oqimidan iborat deyish mumkin. Nishondan sochilgandan keyin esa bu ikki komponentning institutensivligi birbiridan farq qiladi, demak, N.ning qutblangan dastasini ajratib olish mumkin boʻladi. Radio-toʻlqinlar zarralarida ham qutblangan dastani hosil qilish mumkin. Bu zar-ralar energiyasi va intensivligi cheklangan (107—10’ nuklon/yexter dan kam) boʻlishiga qaramay, tez neytronlar dastasini olishda eng qulay vositadir. N.ning qutblangan dastasidan koʻpgina tadqiqot ishlarida, yadro kuchlarining oʻzaro taʼsirlashuvchi zarralarning spinlariga bogʻlikligini aniqlashda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil