Notariat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Notariat (lot. notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan huquklar va faktlarni tasdiklash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarnp bajaruvchi organlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar N. tizimini tash-kil etadi, ular boʻlmagan aholi yashay-digan joylarda baʼzi notarial hara-katlar fuqarolar yigʻinlarining ra-islari (oqsoqollar) tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquklari toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fukarolar bilan bevosita uchrashish yoʻli bilan yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquklarni va yuridik faktlarni tasdiklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida N.ning tashkil etilish prinsiplari va faoliyati OʻzRning "Notariat toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 yil 26 dek.), OʻzR Va-zirlar Mahkamasining N. toʻgʻrisida chiqargan qarorlari va OʻzR Adliya va-zirligi tomonidan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida"gi 1997 yil 28 aprel

dagi qoʻllanmasi, OʻzR Adliya vazirligi hayʼatining 1997 yil 28 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fukarolari yiginlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial hara-katlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida"gi qoʻllanmalari hamda boshqa huquqiy hujjatlarga asoslanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil