Nosiruddin al-Hanafiy
Nosiruddin al-hanafiy, Nosir Toʻra (19-asr oʻrtalari, Buxoro — 20-asr boshlari, Kobul) — tarixchi olim, amir Muzaffarning oʻgʻli. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati aʼzosi (1921—23). U Buxoro Arki tarixiga doyr "Tahqiqoti Arki Buxoro" asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bagʻishlangan "Osori salotin" ("Sultonlardan qolgan yodgorliklar"), "Tuhfat uz-zoirin" ("Ziyoratchilarga tuhfa", 1910 yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), "Hodi uz-zoirin" ("Ziyoratchilar uchun koʻrsatkich"), "Kunuz al-atqiyo" ("Taqvodorlarga atalgan xazinalar") kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi bilan uning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afgʻonis-tonga yuborilgan (1923 yil iyul).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |