Nosir Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nosir Norovich Yoqubov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Yoqubov Nosirjon Norovich

6-sentabr 1943-yil (79 yosh)
Samarqand, O‘zbekiston SSR
Bolalari Yoqubov Nor
Yoqubova Yana
Yoqubovа Emma
Onasi Rеdina Polina Petrovna
Otasi Yoqubov Nor Yoqubovich
Ilmiy unvoni Tarix fanlari nomzodi

Nosir Norovich Yoqubov (oʻzbekcha: Nasirdjan Norovich Yakubov; 1943-yil 6-sentabrda Samarqandda tugʻilgan) — sovet va oʻzbek siyosatchisi, ayni paytda nafaqada.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoqubov Nosir Norovich faoliyati davomida uzoq yillar: Oʻzbekiston komsomoli Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi; Samarqand shahrining Bogʻishamol, Jeleznodorojniy, Siyob tumanlari birinchi kotibi; keyinroq KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunnistik partiyasi)Samarqand shahar qoʻmitasi birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, Nosir Norovich 1993-yil 28-maydan 2000-yilgacha — Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining II darajali Favqulodda Elchisi maqomiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari Nosir Yoqubov SSSR, Vatikan, Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Afgʻoniston Respublikalarining qator nufuzli  orden va medallari bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga, 1998-yilda Rim papasi Ioann Pavel II unvoni — Ritsar qo‘mondon,  Avliyo Grigoriy orden va qilichi (II daraja) bilan mukofotlangan. Nosir Norovich Tarix fanlari nomzodi unvoniga ega.

Ayni paytda Yoqubov Toshkent shahrida istiqomat qiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]