Kontent qismiga oʻtish

Nosir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nosir
(arabcha: نصر)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi yordam, koʻmak; gʻalaba, yutuq
Kelib chiqishi arabcha
Ota ismi Nosir oʻgʻli, Nosirovich
Nosir qizi, Nosirovna
Yasama shakllari Nosirbek, Nosirjon
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: نصر
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    nosir

Nosir (arabcha: نصر — yordam, koʻmak; gʻalaba, yutuq) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Arabcha „nasr“ soʻzi – „yordam bermoq“, „gʻalaba qozonmoq“ feʼlidan kelib chiqqan. Bu ism Mansur, Nusrat, Nasriddin ismlari bilan va ansor, nusayriylar va an-nasroniya (xristianlik) soʻzlari bilan bir oʻzakka ega[manba kerak].

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fan arboblari va olimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Nosir Ahmedov — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor (1967), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967);
  • Nosir Fozilov — yozuvchi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990);
  • Nosir Ismoilov — terapevt; Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948);
  • Nosir Maxmudov — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor;
  • Nosir Muhammad — oʻzbek shoiri, tarjimon, xalqaro jurnalist;
  • Nosir Otaboyev — oʻzbekistonlik rejissyor, Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi;
  • Nosir Rashidov — mashinasozlik sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), texnika fanlari doktori (1976), professor (1978).
  1. „N“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF PDF), 3-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8 (2024-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan).