Noraztepa koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noraztepa koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Uzunligi 1.5 km
Kim sharafiga nomlangan Noraztepa arxeologik yodgorlik
Koʻchada joylashgan binolar Respublika dori-darmon zahiralarini saqlash ombori
9-shina remont zavodi
10-avtomobillarni taʼmirlash zavodi

Noraztepa koʻchasi — Olmazor tumanining „Gulzor“ va „Paxta“ mahallalari hududida. Qorasaroy va Keles yoʻli koʻchalari oraligʻida.

2008-yil 6-mayda joyning tarixiy nomi sifatida Noraztepa nomi berilgan. Tarkibida 2 ta tor va 3 ta berk koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari, Respublika dori-darmon zahiralarini saqlash ombori, 9-shina remont zavodi, 10-avtomobillarni taʼmirlash zavodi, dorixona, bozorcha, kichik korxonalar, savdo shoxobchalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.