Nokia 2720 Flip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nokia 2720 Flip

tashqi ko'rinishi
Brend Nokia
Ishlab chiqaruvchi HMD Global
Form-faktor ochilib-yopiluvchi
Hajmi 104,8x54,5x18,7
Vazni 118 gramm
Ishlatuv tizimi KaiOS
Vebsayt nokia.com/phones/ru ru/nokia-2720-flip/

Nokia 2720 Flip (indekslari: TA-1168, TA-1170, TA-1173, TA-1175) — 2019-yil sentabr oyida Nokia brendi ostida Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uyali telefon. U tashqi o'xshashligi va bir qator o'xshash dizayn xususiyatlari bilan 2009-yilda ishlab chiqarilgan Nokia 2720 Fold ning qayta tiklangan talqini hisoblanadi. Nokia 800 Tough bilan birgalikda Qualcomm 205 yagona chipli tizimiga asoslangan so'nggi chiqarilgan qurilmadir[1]

Telefon taqdimot kuni ayrim bozorlarda oldindan buyurtma berish uchun sotuvga qo'yildi va 2019-yil oxirigacha bitta versiyada (TA-1168 va TA-1173, faqat tanlangan bozorlarda) va butun dunyo bo'ylab ikkita SIM-karta bilan sotuvga chiqdi. Jurnalistlar qurilmani juda ijobiy qabul qilib, uni keng funksionalligi uchun uni 2019-yilning eng yaxshi tugmachali telefonlaridan biri sifatida tan olishdi. Telefonning tashqi ko'rinishi ham ijobiy xarakterga ega bo'lib, u nafaqat texnologik, balki professional dizaynerlar hamjamiyatida ham qiziqish uyg'otdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nokia 2720 Fold ochilib-yopiluvchi uyali telefoni ommaga 18-mayda taqdim etilgan va 2009-yil 1-sentabrda sotuvga chiqarilgan. U Chennay va Kluj-Napokadagi Nokia zavodlarida ishlab chiqarilgan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan edi[2] Series 40 operatsion tizimida ishlaydigan ushbu telefon ilg'or funksiyalari va zamonaviy dizayni bilan o'rtacha past qurilma sifatida joylashtirilgan. Bu Nokianing so'nggi ochilib-yopiluvchi qurilmalaridan biriga aylandi, 2009-yildan keyin kompaniya ushbu shakl-faktorda biror telefon chiqarmadi.

Nokia 2720 Fold hech qachon eng mashhur yoki g'ayrioddiy uyali telefonlardan biri bo'lmagan. Shunga qaramay, qulay narxi va imkoniyatlari bilan yaxshigina mashhurlikka erishgan. Uning tashqi ko'rinishi mutaxassislar tomonidan ijobiy qabul qilindi, yaltiroq yuzasi, ekranning chirralari bilan uyg'unlashgan qopqoq dizayni telefonni yuqori toifadagi qurilmaga o'xshatuvchi asosiy xususiyat sifatida tavsiflandi[3][4][5][6]

Yangi telefon loyihasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yildan buyon avval Microsoft Mobile’ni sotib olgan va Nokia brendiga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritgan HMD Global kompaniyasi norasmiy umumiy nomi Nokia Originals bo'lgan – mashhur Nokia telefonlarining zamonaviy talqinlarini ishlab chiqmoqda.

2019-yil iyul oyida Nokiapoweruser nashri mos ravishda TA-1170 va TA-1175 indekslari boʻlgan nomaʼlum Nokia mobil telefonlari Tailand va Rossiyada sertifikatlanganligini aniqladi. Avgust oyida (taqdimotdan bir oy avval) Nokia 2720 ning qayta tiklangan talqini chiqarilishi haqida mish-mishlar tarqaldi va Xitoyda TA-1170 indeksli 4G qurilmasi sertifikatlanganidan so'ng aynan u ekanligi ma'lum bo'ldi[7] Taqdimotdan bir necha kun oldin telefonning kod nomi Beatles ma'lum bo'ldi[8] 5-sentabr kuni IFA 2019 koʻrgazmasi chogʻida Nokia 2720 Flip telefoni rasman taqdim etildi va tez orada uning barcha indekslari maʼlum boʻldi[9]

Nokia 2720 Fold bilan farqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nokia 2720 Fold (2009) Nokia 2720 Flip (2019)
Mikrodastur Series 40 5th Edition, Java KaiOS 2.5.2
Ekran Asosiy: 1,8" TN 128x160, 111 ppi, 65K rang
Tashqi: 1,36" TN 128x160, 151 ppi, monoxrom
Asosiy: 2,4" TN 320х240, 143 ppi, 256K rang
Tashqi: 1,3" TN 240x240, 260 ppi, monoxrom
Operativ xotira 4 MB 512 MB
O'rnatilgan xotira 32 MB 4096 MB
Prosessor Noma'lum, bir yadroli Qualcomm 205, 1100 МГц, ikki yadroli
Kirish nuqtalari 2 mm Nokia DC (quvvatlash), 2.5 mm audio MicroUSB (quvvatlash bilan ma'lumotlarni uzatish), 3.5 mm audio
Tarmoq 2G 2G, 3G, 4G
Ulanish Bluetooth 2.0 Bluetooth 4.1, Wi-Fi b/g/n, GPS, glonass
Kamera 1,3 mp, chiroqsiz 2 mp, chiroq bilan
Akkumulyator 860 mAs, Li-Ion, BL-4CT 1500 mAs, Li-Ion, BV-6A
O'lchamlari 93x46x17,9 104,8x54,5x18,7
Vazni 90 г 118 г
Taqdim etilgan ranglari Qora, ko'k Qora, oq, qizil
Boshlang'ich narxi 55 евро 99 евро

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Устройства на Qualcomm 205“. 2019-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  2. Евгений Макаров. „Nokia 2730 classic, 2720 fold и 7020: доступность и стиль“. Mobiltelefon.ru (2009-yil 18-may). 2017-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  3. Рао Хассан. „Обзор телефона Nokia 2720 fold“. Onliner.by (2009-yil 28-oktyabr). 2013-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  4. Jessica Dolcourt. „Nokia 2720 Fold review: Nokia 2720 Fold“ (en). CNET (2010-yil 3-fevral). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  5. Silje Gomnæs. „Test Nokia 2720 Fold“ (no). Tek.no (2010-yil 12-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  6. „Test Nokia 2720 Fold“ (fr). Mobiles-Actus (2010). 2014-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Kamal Nayan. „Big launch soon? Nokia 6.2 Daredevil TA-1198 & six unknown Nokia smartphone variants TA-1203, TA-1196, TA-1206, TA-1186, TA-1175, TA-1192 pass Russian certification“ (en). Nokiapoweruser (2019-yil 19-iyul). 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  8. Kamal Nayan. „Nokia TA-1170-may be the 4G Nokia 2720 2019, passes CCC certification in China“ (en). Nokiapoweruser (2019-yil 16-avgust). 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  9. Kamal Nayan. „All Nokia 6.2, 7.2, 2720 Flip, 800 Tough & 220 4G global variants listed“ (en). Nokiapoweruser (2012-yil 14-sentyabr). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.