Nokia Lumia 720

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nokia Lumia 720
[[File:
Nokia Lumia 720
|250px]]
Brend Nokia
Seriya Nokia Lumia
Operator

2.5G GSM/GPRS/EDGE – 850, 900, 1800, 1900 MHz 3G UMTS/HSPA+ – 850, 900,

1900, 2100 MHz
Vazni 128 gr
Vebsayt nokia.com/phones/en int

Nokia Lumia 720 Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan Windows Phone 8 qurilmasi. Bu haqda 2013 yilgi Mobile World Congressda eʼlon qilingan.

Apparat taʼminoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telefon orqa tomonida bir qator „Shells“ lar mavjud boʻlib, bu foydalanuvchilarga telefonnni oʻzlari istaganday oʻzgartirish imkonini beradi, shuningdek, simsiz zaryadlash (alohida aksessuar sifatida qoʻshiladi) kabi funksionalliklarni ham qoʻshish imkoniyatini beradi. Shuningdek qurilmaning orqa qobigʻini ham osongina almashtirilish mumkin. Yordamchi tugmalari (tovush balandligi, quvvat va maxsus kamera tugmasi) oʻng tomonda joylashgan boʻlib, qurilma tepasida 3,5 mm audio jek va uning tagida Micro-USB porti oʻrnatilgan.

Qalinligi 9 mm boʻlgan Nokia Lumia 720 chiqarilgan paytida Nokia tomonidan ishlab chiqarilgan eng ingichka va bir korpusli polikarbonat qobiqli smartfonlardan biri boʻlgan[1].

Ekran[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lumia 720 qoʻlda

4,3 dyuymli WVGA displeyining oʻlchamlari 800 x 480 piksel va tomonlarining nisbati 15:9.

Boshqa xususiyatlari:

  • Tashqarida ekran yoqrinroq koʻrinishi uchun ClearBlack funksiyasi.
  • Qoʻlqop, tirnoq bilan ham oson foydalanish uchun SuperSensitive sensor displey.
  • Ekran Corning® Gorilla® Glass 2 shishasi bilan himoyalangan[2].

Batareya va zaryadlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha aksessuarlar yordamida simsiz zaryadlashni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, odatdagi simli quvvat adapteri yoki USB kabeli yordamida ham zaryadlanishi mumkin.

Telefon 2000 mAh sigʻimga ega batareyadan foydalanadi va shuning uchun ham qurilmaning ishlash davomiyligi Lumia 920 modelidagi telefonlar bilan deyarli bir xil.

Dasturiy taʼminot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu telefon Nokia Maps ning oʻrniga Here Maps, Here Transit va HERE Drive kabi navigatsiya servislariga ega boʻlgan HereSuit toʻplami bilan birga kelgan birinchi Nokia telefonidir, ammo boshqa Lumia qurilmalaridan farqli ravishda HERE Drive+ dasturiy toʻplami mavjud emas[3].

Lumia 720 modeli ham HTC 8X, Samsung Ativ S va Huawei Ascend W1 kabi boshqa Windows Phone 8 telefonlaridan ajralib turadigan Nokianing eksklyuziv dastur va ilovalarini oʻz ichiga oladi.

2014-yil aprel oyida eʼlon qilingan[4] Windows Phonening soʻnggi modeli Lumia Cyan Windows Phone 8.1 ni oʻz ichiga olgan va oʻsha yilning oxirida butun dunyo boʻylab chiqarila boshlangan[5].

2015-yil yanvar oyida Microsoft Nokia 720 uchun Lumia Denim dasturiy yangilanishni chiqardi. Yangilanish qurilmadagi xatolarni tuzatdi va telefonga yangi xususiyatlar qoʻshdi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ly. „Sleek stylish Nokia Lumia 720 - Conversations“. Conversations | Now part of Microsoft. 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.
  2. Joel. „10 quotes you should read about the Nokia Lumia 520 and Nokia Lumia 720“. Conversations Nokia. 2013-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-mart.
  3. „HERE Drive & HERE Drive+ Differences Explained (Updated 3/12)“. My Nokia Blog (2013-yil 11-mart). Qaraldi: 2013-yil 14-iyun.
  4. Fraser. „Windows Phone 8.1 update: everything you need to know - Conversations“. Conversations | Now part of Microsoft. 2014-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.
  5. Rubino. „Windows Phone 8.1 and Lumia Cyan update tracker | Windows Phone Central“. Windows Phone Central. Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.