Nokia 1100

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nokia 1100

Nokia 1100
Brend Nokia
Seriya Nokia 1100 series
Vazni 93 gramm
Ishlatuv tizimi Series 40
Vebsayt europe.nokia.com

Nokia 1100 - bu Nokia kompaniyasining ikki diapazonli mobil telefoni boʻlib, 2002-yilda ishlab chiqilgan monoxrom ekranli va chiroqli soddalashtirilgan model. Ushbu modelni yaratuvchilar oddiygina - "Penny" deb nomlagan. Model dizayni Kaliforniyadagi Nokia dizayn markazida ishlab chiqilgan va bolgar dizayneri Dmitriy Mehandjievskiy tomonidan patentlangan[1][2]

Nokia 1100 2003-yil oxirida bozorga chiqdi. U Xitoy kabi yangi, tez rivojlanayotgan bozorlarga moʻljallangan edi. Besh yil ichida ushbu liniyaning 250 million nusxasi sotilgan, bu haftasiga oʻrtacha bir million nusxa. Ayni paytda ushbu telefon barcha savdo rekordlarini yangiladi va barcha davrlarning eng koʻp sotilgan telefoniga aylandi. Ilgari Nokia kompaniyasining yetakchisi Nokia 3310 edi. Model 2009-yilgacha ishlab chiqarilgan. Telefon birinchi marotba oʻzida chiroqni mujassamladi[3]

Nokia 1100 Nokia kompaniyasining milliardinchi sotilgan telefoniga aylandi (bu telefon 2005-yilda Nigeriyada sotilgan)[4]

Nokia 1101 Nokia 1100 ning oq ekranli va WAP Internetga kirish imkoniyatiga ega talqini hisoblanadi[5]

Nokia 1108 ham oq ekranli koʻrinishda, ammo u Osiyo bozoriga moʻljallagan[6]

Talqinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Model 4 hil koʻrinishda ishlab chiqarilgan: 1100a, 1100b, 1101 va 1108.

  • 1100a GSM-900/1800 to'lqinida ishlagan;
  • 1100b GSM-850/1900 to'lqinida ishlagan;
  • 1101 oq oynada chiqqan va WAP brauzerga ega bo'lgan[7];
  • 1108 oq oynada chiqqan va Osiyo bozori uchun mo'ljallangan[8]

Telefon faqat SIM-karta oʻrnatilgan holatda ishlashi mumkin (aks holda "SIM-kartani joylashtiring" yozuvi paydo boʻladi). Ushbu telefondagi Nokia BL-5C akkumulyatori uzoq kutish va suhbat vaqtini uzaytirish imkoniga ega boʻlib - bu batareya oʻz funktsiyalari uchun yuqori quvvat talab etadigan modellarda ham qoʻllaniladi, lekin 1100 kam quvvat sarflagani uchun ishlash muddatini 400 soatgacha oshiradi[7]

Telefon oʻz davrida mashhur boʻlgan 5110, 3210 va 3310 modellariga oʻxshaydi. Ushbu telefonlar kameralar, rangli ekran va polifoniyaga ega modellar chiqishidan avval yuqori talabga ega boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hafner, Katie. „From Phone To Fashion, Nokia Style; A Designer Who Sets A Worldwide Standard For Technophiles“. The New York Times (9-dekabr 1999-yil). 2013-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  2. „Front cover of a handset“.
  3. Delaney, Ian „Nokia 1100“ (deadlink). Nokia Conversations. Nokia (27-avgust 2009-yil). 2011-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  4. Perton, Marc. „Nokia crosses one-billion mark“. Engadget (21-sentyabr 2005-yil). 2013-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  5. Fokin, Vladimir „Review GSM phone Nokia 1101“. Mobile-review.com (26-iyul 2005-yil). 2013-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  6. Nokia (27-yanvar 2005-yil). „Nokia reports fourth-quarter 2004 net sales of EUR 9.1 billion, EPS EUR 0.23, and Nokia reports 2004 net sales of EUR 29.3 billion, EPS EUR 0.70“. Press-reliz. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  7. Fokin, Vladimir „Review GSM phone Nokia 1101“. Mobile-review.com (26-iyul 2005-yil). Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  8. Nokia (27-yanvar 2005-yil). „Nokia reports fourth-quarter 2004 net sales of EUR 9.1 billion, EPS EUR 0.23, and Nokia reports 2004 net sales of EUR 29.3 billion, EPS EUR 0.70“. Press-reliz. 25-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.