Nodirshohning Markaziy Osiyoga yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodirning Ilbarsxon bilan urushi va Xorazmning zabt etilishi

Nodirshohning Oʻrta Osiyoga yurishi – Eron shohi Nodirshoh boshchiligidagi xarbiy yurish 1737—1740 yillarda Oʻrta Osiyo xonliklari Buxoro va Xivani oʻziga boʻysundirish maqsadidagi harbiy yurishi.

18-asr oʻrtalarida afshoriylar sardori Nodirshoh Buxoro va Xivani oʻziga boʻysundira boshlaydi. Birinchi janglar 1737-yilda boʻlib oʻtadi: otasi Hindistonda jang qilayotganda Nodirshohning oʻgʻli va noibi Rizo Quli Mirzo Qarshi jangida gʻalaba qozonadi. Forslarning hujumlari Xiva hukmdori Ilbarsxonni gʻazablantiradi. Ilbars oʻch olish bilan tahdid qilganda, Nodirshoh Hindistondagi urushga diqqatini qaratish uchun oʻgʻliga urushni toʻxtatishni buyuradi. Nodirshoh oʻz yurtiga gʻalaba bilan qaytgach, Oʻrta Osiyoga yurish uyushtira boshlaydi. Nodirshohning asosiy maqsadi Hindiston yurishidan keyin Xiva va Buxoroni batamom boʻysundirish edi.

Nodirshohning harbiy yurishlaridan keyin butun Oʻrta Osiyo xonliklari boʻysundirilgach, Nodirshoh imperiyasi butun tarixidagi eng yirik hududlarni qamrab oladi .

Buxoroning taslim etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1734-1735-yillarda Xiva hukmdori Ilbarsxon oʻzining turkmanlardan iborat katta boʻlinmasini Xurosonga qarshi yurishga joʻnatadi, ular Alodogʻ va Samalgan togʻlaridagi kurd qishloqlarini talon-taroj qiladilar, ammo keyin Nodirshoh qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchraydilar. 1737- yilda Nodirshohning oʻgʻli, imperiya noibi Rizo Quli Mirzo Afshor avvalroq Balx va Andxoʻy hukmdorlarini oʻziga boʻysundirib, keyin esa Buxoroga qarshi yurish qiladi. Buxoro hukmdori Abulfeyzxon oʻz qoʻshinlari bilan Movarounnahrdan yoʻlga chiqqan Ilbars xonga yordam soʻrab murojaat qiladi. 1738- yilda Ilbarsxon Xurosonga bostirib kirish niyatida edi, lekin Abivardan janubdagi bir qancha qishloqlarni talon-taroj qilib, oʻz yerlariga qaytib kelgan[1].

Nodirshoh moʻgʻullar istilosi natijasida Oʻrta Osiyodan Ozarbayjonga koʻchib kelgan turkman afshor qabilasining kirkli urugʻidan boʻlgan qizilbosh[2][3][4][5][6][7] edi.

Ilbarsxoning Xuroson shimoliga bostirib kirayotgan bir paytda Nodirshoh Turkistonga bostirib kirish rejasini ishlab chiqayotgan edi. Buning uchun avval Amudaryo ustidan koʻprik qurish kerak edi, uning kengligi ikki tuya tortadigan aravadan oʻtishi lozim boʻlgan. Shunday qilib koʻprik qurilishi 45 kun ichida nihoyasiga yetadi va Nodirshoh oʻz qoʻshinlariga daryoning ikki qirgʻogʻida ikkitadan istehkom qurishni buyurib, ularning har biriga 5000 nafardan askar joylashtiradi. Ana shu tayyorgarliklardan soʻng Nodirshoh qoʻmondonligidagi qoʻshin askarlarning yurishdan charchaganiga qaramay, shaharga hujum qilib, Buxoro tomon harakatlana boshlaydi. Nodirshoh oʻz qoʻshinini shunday joylashtirdi: oʻng qanot, chap, markaz, artilleriya, orqa qoʻriqchi va pistirma polki, har bir pozitsiyaning oʻz qoʻmondoni bor edi. Nodirshoh qoʻshinlari toʻp, minomiyot, gaubitsa va aylanma miltiqlar bilan qurollangan edi. Oʻzbeklar hech qachon bunday qurollar bilan shugʻullanmagani uchun sarosimaga tushib qolishadi hamda koʻpchiliglari jangda xalok boʻlishadi yoki qochib ketishadi. Jangdan soʻng 30 ming oʻzbek askari fors qoʻshini tarkibiga kiritiladi.

Pitnak jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1740- yilda Nodirshoh Buxoroni egallagandan soʻng Xiva xonligiga qarshi yurishni boshlaydi hamda Xiva xonligidan boʻysunishni talab qilib, Ilbarsxonga elchi yuboradi. Ikki nafari shayx boʻlgan elchilar Ilbarsning buyrugʻi bilan qatl etilgan. Keyin Xorazmning janubiy chegaralari yaqinidagi Pitnak jangida Nodirshoh Xiva qoʻshinlarini magʻlub etadi. Navbatdagi jangda Nodirshoh 30 ming oʻzbek va turkman otliq qoʻshini boʻlgan Ilbarsxon qoʻshini bilan yuzma-yuz keladi. Keyingi jangda Nodirshoh qoʻshini Amudaryodan oʻtib, Ilbarsxon qoʻshinlari tomon yura boshlaydi. Qisqa va qonli janglardan soʻng xivaliklar ikkilanib qolishadi. Ilbarsxon koʻp marta qoʻshinlari safini tiklab, qarshi hujumlarga oʻtmoqchi boʻldi, lekin har safar magʻlubiyatga uchraydi va nihoyat magʻlubiyatini tan olishga majbur boʻladi. Xonqa shahrida qamal qilingan Ilbarsxon Nodirshohga taslim boʻladi, hamda oʻzining yigirma nafar amiri bilan birga qatl etilgan (baʼzi maʼlumotlarga koʻra ular tiriklayin koʻmilgan). Shoh bu qatlni elchilar – Juybariy shayxlarining oʻldirilishi uchun qasos deb biladi[1].

Nodirshohga qarshi isyon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodirshoh harbiy yurish orqali markaziy osiyo mintaqasida oʻz nufuziga ega boʻladi. Biroq, Nodirshoh ortga qaytib ketganidan koʻp oʻtmay, mintaqada yangi afshoriy hokimiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtariladi hamda qoʻshin nazoratini qayta qoʻlga kiritish uchun qaytishga majbur boʻladi. Qoʻzgʻolon bostiriladi, Shunday qilib Xorazm 1747-yil vafotigacha Nodirshoh hukmronligida qoladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ILBĀRS KHAN“. iranicaonline.org.
  2. Axworthy 2006.
  3. Gelmolt (nem.). Istoriya chelovechestva. Vsemirnaya istoriya. – T. 3. – Perevod V. V. Bartolda. – SPb: Prosveщenie, 1903. – S. 364.

  4. Richard Foltz. Iran in World History. – C. 80.
  5. N. Tumanovich. Gerat v XVI i XVII vekax. – S. 160.
  6. Encyclopaedia Iranica. NĀDER SHAH. (Wayback Machine saytida 2011-04-25 sanasida arxivlangan): „Born in November 1688 into a humble pastoral family, then at its winter camp in Darra Gaz in the mountains north of Mashad, Nāder belonged to a group of the Qirqlu branch of the Afšār (q.v.) Turkmen. Beginning in the 16th century, the Safavids had settled groups of Afšārs in northern Khorasan to defend Mashad against Uzbek incursions.
  7. Britannica: Afshārid Turkmen: „Nādr, an Afshārid Turkmen from northern Khorāsān, was eventually able to reunite Iran,

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Michael Axworthy. The Sword of Persia: Nader Shah, from Tribal Warrior to Conquering Tyrant. – I. B. Tauris & Co Ltd. – 2006.