Nivetha Thomas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nivetha Thomas
Nivedha Thomas at Jai lava kusa interview.png
Tavalludi 2-noyabr 1995-yil (1995-11-02) (27 yosh)
Madras, Tamil Nadu, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002-hozirgacha

Nivetha Thomas (talaffuzi: Niveta Tomas; 1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — telugu, malayalam va tamil tillarida suratga tushgan hind aktrisasi.[1] U 2008-yilda malayalam tilidagi Veruthe Oru Bharya filmida bola aktrisa sifatida oʻzining kino debyutini qilgan va buning uchun u „Eng yaxshi bola aktrisasi“ sifatida Kerala State Film mukofotini qoʻlga kiritgan.

U Chaappa Kurishu (2011), Romans (2013), Jilla (2014), Papanasam (2015), Gentleman(2016), Ninnu Kori (2017), Jai Lava Kusa (2017) 118(2019), Brochevarevarura (2019), V (2020) va Vakeel Saab (2021) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻz faoliytini bola aktrisa sifatida boshlagan, Thomas Sun TVning "My Dear Bootham" nomli mashxur teleserialida rol ijro etgan. Shundan soʻng, u Veruthe Oru Bharyada Jayaramning qizi rolini ijro etgan, filmdagi uning roli yaxshi baholangan.[2] Keyin u asosan ikkinchi darajali rollarni ijro etgan bir nechta Tamil va Malayalam filmlariga imzo chekkan. Uning malayalam tilidagi Chaappa Kurish va Thattathin Marayathu nomli filmlari bor.[3] 2011-yilda rejissor Samuthirakani tomonidan suratga olingan Poraali tamil filmida u benzin ombori xodimi Tamizhselvi rolida aks etgan.[4] U avval Samuthirakani bilan Arasi drama serialida ham hamkorlik qilgan edi.

2013-yilda Thomas Romans filmida rol oʻynagan, film juda muvaffaqiyatli boʻlgan va Sify.com tomonidan „blokbaster“ deb nomlangan.[5] Tamilcha zamonaviy fantastik komediya Naveena Saraswathi Sabatham filmida u intiluvchan qoʻshiqchi Jaishrining ayol bosh rolini ijro etgan.[6] Jillada u otasiga (Mohanlal), Vijay va Mahat oʻynagan ikki akasiga juda bogʻlangan Mahalakshmi rolini ijro etgan.[7] Oʻzining roli haqida u „shunchaki singil roli“[8] emas, balki „akasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan kuchli irodali qiz“ ekanligini aytgan. U oʻzining birinchi telugu filmi — Ajay Vodhirala rejissori boʻlgan Juliet Lover of Idiot filmiga imzo chekkan.[9][10] U Papanasam nomli Drishyamning Tamil remeykida Kamol Haasanning toʻngʻich qizi rolini ijro etgan va uning ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan.[11] 2021-yil iyul oyidan boshlab Thomas Regina Kassandra bilan birgalikda Sudheer Varma tomonidan suratga olingan Shankini Dakini, Koreyaning Midnight Runners filmining telugu tilidagi talqini uchun suratga tushmoqda.[12]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izoh
Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi
Yil Nom Rol Til Izohlar Manba
2008 Veruthe Oru Bharya Anjana Sugunan Malayalam Bola aktrisa
2008 Kuruvi Vetrivelning opasi Tamil Bola aktrisa
2009 Madhya Venal Manuja/Manikutty Malayalam Bola aktrisa
2011 Pranayam Young Grace Malayalam
Chaappa Kurish Nafiza Malayalam
Poraali Tamizhselvi Tamil
2012 Thattathin Marayathu Fatima Malayalam
2013 Romans Eleena Malayalam
Naveena Saraswathi Sabatham Jeyasri Tamil
2014 Jilla Mahalakshmi Tamil
Money Ratnam Pia Mammen Malayalam
2015 Papanasam Selvi Suyambulingam Tamil
2016 Gentleman Catherine Telugu
2017 Ninnu Kori Pallavi Telugu [13]
Jai Lava Kusa Simran Telugu
Juliet Lover of Idiot Julie Telugu
2019 118 Aadhya Telugu [14]
Brochevarevarura Mithra Telugu [15]
2020 Darbar Valli Tamil [16]
V Apoorva Ramanujan Telugu [17]
2021 Vakeel Saab Pallavi Telugu
2022 Enthada Saji Eʼlon qilinadi Malayalam Suratga olinmoqda
Eʼlon qilinadi Shakini Dhakini Eʼlon qilinadi Telugu Suratga olinmoqda [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dundoo, Sangeetha Devi. „Nivetha Thomas: Enacting Pallavi in 'Vakeel Saab' came with responsibility“. The Hindu (12-aprel 2021-yil).
  2. „Kerala State Film Awards announced“. sify.com (originally Moviebuzz) (4-iyun 2009-yil). 22-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-aprel 2011-yil.
  3. „Kerala Box-Office (June–July 2012)“. Sify.com (1-avgust 2012-yil). 18-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  4. Nayar, Parvathy. „Niveda: Battling against all odds“. The Times of India (11-noyabr 2011-yil).
  5. „Malayalam cinema – First Half of 2013 Progress Report“. Sify.com (6-iyul 2013-yil). 8-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  6. „Niveda Thomas in Mohanlal-Vijay's 'Jilla'“. The Times of India (4-may 2013-yil). 7-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  7. „Nivetha on cloud nine“. Deccan Chronicle (15-aprel 2014-yil). Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  8. „Mine is not just a sister role: Niveda Thomas“. The Times of India (5-iyul 2013-yil). 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  9. „Niveda Thomas to romance Naveen Chandra – The Times of India“. Timesofindia.indiatimes.com (12-mart 2014-yil). Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  10. „Naveen Chandra's next film goes on floors – The Times of India“. Timesofindia.indiatimes.com. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.
  11. Vijay’s sister is Kamal Haasanʼs daughter — Times of India. Timesofindia.indiatimes.com (17 August 2014). Retrieved on 28 July 2016.
  12. „Nivetha, Regina’s Midnight Runners Telugu remake shoot is in progress!“ (en). NTV (26-iyul 2021-yil). 25-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  13. „Nani- Nivetha Thomas romantic flick launched“. Times of India (26-fevral 2017-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
  14. „Nivetha Thomas thanks movie buffs for their love towards '118'“. Times of India (2-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
  15. „'Brochevarevarura': Makers unveil Nivetha Thomas' first look as Mithra“. Times of India (30-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
  16. „Darbar: Nivetha Thomas reveals her character in Rajinikanth's film“. Times of India (18-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
  17. „Nivetha Thomas confirmed for Indraganti's multi-starrer with Nani and Sudheer Babu“. Times of India (15-aprel 2019-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2019-yil.
  18. „ʻMidnight Runners’ Telugu remake titled as ʻShakini Dhakini’? - Times of India“ (en). The Times of India. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.