Kontent qismiga oʻtish

Nita Barrow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nita Barrow
Barbados Respublikasining beshinchi General–gubernatori
Mansab davri
6–iyun 1990–yil – 19–dekabr 1995–yil
Bosh vazir Lloyd Erskine Sandiford
Owen Arthur
Oʻtmishdoshi Hugh Springer
Vorisi Clifford Husbands
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-noyabr 1916-yil
Sent–Lyusi, Barbados
Vafoti 19-dekabr 1995-yil(1995-12-19)
(79 yoshda)
Bridgetown, Barbados
Taʼlim Toronto universiteti
Mukofotlari Avliyo Maykl va Avliyo Jorj ordeni
Knight or Dame of St Andrew

Dame Ruth Nita Barrow (1916–yil 15–noyabr – 1995–yil 19–dekabr)[1] – Barbadosning birinchi ayol General-gubernatori[2]. Barbadoslik hamshira va sogʻliqni saqlash xodimi. 1990–yil 6–iyundan 1995–yil 19–dekabrda vafot etgunga qadar Barbadosning beshinchi General-gubernatori lavozimida ishlagan[3]. Barbadosning birinchi bosh vaziri Errol Barrowning opasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruth Nita Barrow Barbadosda hurmatga sazovor anglikan ruhoniysi Reverend Reginald Grant Borrow va Ruth Alberta Borrow xonim xonadonida dunyoga kelgan[4]. Oilada besh farzandning (ular orasida Sybil Barrow, Ena Comma va Errol Barrow bor edi) ikkinchisi[5][6]. Hamshira, akusher va sogʻliqni saqlash maʼmuri. 1940—1950–yillarda Barbados va Yamaykada hamshira sifatida hamda sogʻliqni saqlash va davlat boshqaruvida turli vazifalarda ishlagan[5][7].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab hamshiralik faoliyatini amakisi va otasining koʻmagida boshlagan. Boshlangʻich taʼlimni Barbados umumiy kasalxonasida tugatgan[8]. Keyin Trinidaddagi Port of Spain umumiy kasalxonasida akusherlik boʻyicha shugʻullanishni boshlagan[8].

Barrow Kolumbiya universiteti (Nyu–York), Toronto universiteti (Kanada) va Edinburg universitetini (Shotlandiya)da hamshiralik ishi boʻyicha tahsil olgan[8]. Keyinchalik, 1951—1952–yillarda Edinburg universitetining Qirollik Hamshiralik Kollejida va 1962—1963–yillarda Kolumbiya universitetida oʻqishni davom ettirgan[9][10].

Davlat xizmatchisi sifatida 1945—1950–yillarda Yamaykada joylashgan gʻarbiy Hindiston jamoat salomatligi maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1954–yilda Universitet kolleji kasalxonasining gʻarbiy Hindistonda bosh hamshira lavozimida faoliyat yuritgan. 1956-yilda Yamaykada bosh hamshira etib tayinlangan[9][10].

Gʻarbiy Hindiston maktabining mintaqaviy kengayishidan soʻng, Nita Borrow Karib dengizi Ittifoqida hamshiralik tadqiqot loyihasi direktori etib tayinlangan. Bu hamshiralar malakasini oshishiga va gʻarbiy Hindiston universitetida ilgʻor hamshiralik dasturining boshlanishiga sabab boʻlgan[11].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barrowning faoliyati 1964–yilda, Pan–Amerika Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining Karib dengizi mintaqasi uchun hamshiralik boʻyicha maslahatchisi sifatida boshlangan. 1975–yilda Butunjahon Cherkovlar Kengashi (WCC) Xristian Tibbiy komissiyasining direktori hamda Butunjahon yosh xristian ayollar assotsiatsiyasi (YWCA) prezidenti (1975–1983) boʻlgan[11][12]. 1982–yildan 1990–yilgacha Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi (ICAE) prezidenti; 1983–yilda Nayrobida (Keniya) Nodavlat Tashkilot (NNT) forumining konventori boʻlgan[11]. 1985–yilda Nayrobi Butunjahon Ayollar Konferensiyasida Barrow NNT forumining raisi sifatida ishtirok etgan[13].

1986–yilda Atoqli Shaxslar Hamdoʻstlik Guruhi aʼzosi sifatida Janubiy Afrikaga tashrif buyurgan[14].

1980–yilda Barrow Barbadosdagi eng yuqori unvon — Avliyo Endryu (DA) qizi ordeni – bilan taqdirlangan[15]. Shuningdek, Qirollik Hamshiralik Kollejining faxriy stipendiyasi bilan mukofotlangan[16].

Barrow insult oqibatida olamdan oʻtgan. Vafotidan soʻng singillari Sybil Barrow va Ena Comma qolgan[6].

Meʼrosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Errol & Nita Barrow Taʼlim Fondi mablagʻ toʻplaydi va oʻqishni davom ettirishi uchun Bajans va Karib dengizi Ittifoqi fuqarolarini moddiy ragʻbatlantiradi. Ushbu tashabbus Barbados va Karib havzasini yana–da rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan[17].

Kattalar Taʼlimi Xalqaro Kengashi (ICAE) ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga katta hissa qoʻshgan mahalliy va xalqaro taʼlim tashkilotlarini qoʻllab–quvvatlovchi Dame Nita Barrow mukofotini taʼsis etgan[8].

Nita Barrow Toʻplami – hayoti va faoliyat davrlari toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻplami – UNESCOning jahon hujjatli merosi roʻyxatiga kiritilgan[18].

Lavozimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Barbados va Yamaykada Hamshiralik va Sogʻliqni Saqlash sohasidagi faoliyati (1940–1956)
  • Bosh hamshira, Yamayka (1956–1967)[4]
  • Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Pan-Amerika Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchisi (1963–75)
  • Maslahatchi hamshira, Pan–Amerika Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (1967–1971)[4]
  • Butunjahon Cherkovlar Kengashining Xristian Tibbiy komissiyasi direktori oʻrinbosari, Jeneva (1971–1975)[4]
  • Yosh ayollar xristian assotsiatsiyasi (YWCA) prezidenti (1975–83)
  • Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti direktori/sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchi (1981–1986)[4]
  • Kattalar Taʼlimi Xalqaro Kengashi prezidenti (1982–90)
  • Butunjahon Cherkovlar Kengashi prezidenti (1983)
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti elchisi (1986–90)
  • Qirollik Hamshiralik Kolleji faxriy aʼzosi
  • Barbados General-gubernatori (1990–1995)[4]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1975–yil Huquq fanlari doktori, Gʻarbiy Hindiston universiteti
  • 1980–yil Qirollik Hamshiralik Kollejining faxriy aʼzosi
  • 1980–yil Qirolicha Yelizaveta II ning buyrugʻi bilan „Avliyo Endryu qizi“ ordeni
  • 1982–yil fan doktori, Makmaster universiteti, Kanada
  • 1983–yil Gamaliel kafedra oʻqituvchisi, Viskonsin-Miluoki universiteti, AQSh
  • 1984–yil Karib dengizi Ruhi mukofoti, Karib dengizi resurslari jamgʻarmasi
  • 1986–yil Adolat uchun (Karib dengizi mukofoti), Karib dengizi Cherkovlar kengashi
  • 1986–yil „Yilning eng yaxshi fuqarosi“ mukofoti, Barbadosning Kiwanis klubi
  • 1987–yil CARICOM Ayollar mukofoti
  • 1987–yil Huquq fanlari doktori, Toronto universiteti, Kanada
  • 1987–yil Insonparvarlik fanlari doktori, Morris Braun universiteti, AQSh
  • 1988–yil Gumanitar fanlar doktori, Sent-Vinsent togʻ universiteti, Kanada
  • 1988–yil Yuridik fanlar doktori, Vinnipeg universiteti, Kanada
  • 1988–yil Prezident medali, Bruklin kolleji, AQSh
  • 1988–yil Huquq fanlari faxriy doktori, Spelman kolleji, AQSh
  • 1989–yil Kristian Reyman mukofoti, Xalqaro Hamshiralar Kengashi, Jeneva, Shveytsariya
  • Huquq fanlari faxriy doktori, Queens universiteti, Kanada
  • Adabiyot faxriy doktori, Wilfrid Laurier universiteti

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jahon reestri xotirasi – Lotin Amerika va Karib dengizi
  • Amerika mamlakatlarida siyosiy lavozimlarga ega boʻlgan birinchi ayollar roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Morgan, Peter. Dame Ruth Nita Barrow: Nurse to the world. The Guardian (1995-yil 22-dekabr), s. 14.
  2. COLLECTIONS & LIBRARIES: Their Excellencies, Cave Hill Campus Library, University of the West Indies.
  3. Carrington, Sean. A~Z of Barbados Heritage. Macmillan Caribbean Publishers Limited, 2007 — 20–21 bet. ISBN 978-0-333-92068-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Broome, Roderick J. (February 28, 1996). „Dame Nita Barrow: An authentic heroine in Caribbean womanhood“. Everybody's (inglizcha). 20-jild, № 1. Brooklyn. 16-bet. ProQuest 200709411.
  5. 5,0 5,1 Woodie Blackman, „Obituary: Dame Nita Barrow“, The Independent, 22 December 1995.
  6. 6,0 6,1 „Dame Ruth Nita Barrow, Ex-Barbados Governor General, 79“. The New York Times (1995-yil 22-dekabr).
  7. „Dame Nita Barrow“, Ciwil.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Adult Learning Unleashed“.
  9. 9,0 9,1 Morgan, Peter. Nurse to the world. The Guardian (1995-yil 22-dekabr), s. 14.
  10. 10,0 10,1 Dame Nita Barrow. The Daily Telegraph (1995-yil 27-dekabr), s. 27.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Obituary“. Independent.co.uk (2011-yil 23-oktyabr).
  12. „Ruth Nita Barrow“.
  13. Fraser. „UN Decade for Women: The Power of Words and Organizations“. Women and Social Movements, International. Alexander Street Press, LLC (2013). 2013-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  14. Carrington (2003).
  15. Nita Barrow; Barbado's First Woman Named Head of State. Los Angeles Times. Associated Press (1995-yil 22-dekabr), s. B12.
  16. „Nita Barrow (15th Nov 1916-19th Dec 1995)“. National Institute of Higher Education, Research, Science and Technology.
  17. „Welcome“ (en-US). Website of errolandnitabarroweducati!. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  18. „Nita Barrow Collection | United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization“ (en). unesco.org. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Blackman, Francis Woodie. Dame Nita: Caribbean Woman, World Citizen. Kingston, Jamaica: Ian Randle Publishers, 1985.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]