Nilofar Bayat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nilofar Bayat
نیلوفر بیات
Tavalludi 1990 (yoshi 33–34)
Fuqaroligi Afgʻoniston

Nilofar Bayat (forscha: نیلوفر بیات) afgʻon huquqshunosi va nogironlar aravachasidagi basketbolchi hisoblanadi[1]. Nilofar Bayat Ispaniyada boshpana topgan ayollardan biri hisoblanadi. Nilofar Bayat basketbolga boʻlgan qiziqishi tufayli tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan.

Hayotining boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nilofar Bayat noanʼanaviy oilada oʻsgan, bu unga Kobulda basketbol oʻynash va huquqshunoslikni oʻrganish imkonini bergan. Nilofar Bayat hatto ayol boʻlsa ham va nogiron boʻlishiga qaramay oʻz ustida tinmay mehnat qilib, ustozlaridan oʻrgangan barcha sir asrorlarini qoʻllab, jamoadoshlari orasida bu sportchi alohida ajralib turgan hamda tarixiy natijalarga erishib kelgan. Nilofar Bayat yoshligidan yaʼni ikki yoshida Tolibon rejimining raketasi Kobuldagi uyiga kelgan hamda u yerda umurtqa pogʻonasini shikastlab, oilasi va turmush tarzini butunlay oʻzgartirib yuborgan[2]

2021-yilda Tolibon Kobulga kirganidan soʻng ikki kun oʻtib, Nilofar Bayat oʻz hayoti uchun sportdan ketishga qaror qilgan. Nilofar Bayat jurnalist doʻstlari orqali SOSni ishga tushirgan. Antonio Pampliega unga Kobuldan chiqib ketishiga yordam bergan hamda oʻz hikoyasini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan va Ispaniya hukumatiga uni eri bilan birga Kobuldan evakuatsiya qilish uchun ruxsat berish uchun lobbichilik qilgan. 2021-yil 20-avgust kuni ular Ispaniya qurolli kuchlari samolyotida yuz kishi bilan birga Ispaniyaga uchib ketishgan[3]. Nilofar Bayat 2021-yilda BBCning 100 nafar ayol roʻyxatiga ham kiritilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]