Nikolay Rubtsov
Nikolay Rubtsov | |
---|---|
Tavalludi |
3-yanvar 1936-yil |
Vafoti |
19-yanvar 1971-yil (35 yosh) Vologda, RSFSR, SSSR |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Yoʻnalish | lirika |
Janr | sheʼriyat |
Nikolay Mixaylovich Rubtsov (1936-yil3-yanvar, Yemetsk qishlogʻi, Shimoliy oʻlka – 1971-yil 19-yanvar Vologda) – rus lirik shoiri.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Rubtsov 1936-yil 3-yanvarda Shimoliy oʻlkaning Yemetsk tumanidagi Yemetsk qishlogʻida (hozirgi Arxangelsk viloyatining Xolmogori tumani) tavallud topgan. 1937-yilda oilasi bilan Nyandomaga koʻchib oʻtgan. 1939–1940-yillarda Rubtsovning otasi Mixail Andrianovich Nyandoma Gorpo boshligʻi boʻlib xizmat qilgan. 1941-yil yanvar oyida Mixail Rubtsov Nyandomadan Vologda shahar partiya qoʻmitasiga ketgan. 1942-yil yozida Rubtsovning onasi va singlisi vafot etgan, bu vaqtda otasi frontda boʻlgan. Oʻsha yozda 6 yoshli Nikolay oʻzining birinchi sheʼrini yozgan. 1950-yildan 1952-yilgacha Rubtsov Totemsk oʻrmon xoʻjaligi kollejida tahsil olgan. Nikolay Rubtsov 1971-yil 19-yanvar kuni vafot etgan. Adib Vologda Poshexonskoye qabristoniga dafn qilingan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yildan 1953-yilgacha Sevriba trestining Arxangelsk trol flotida oʻt oʻchiruvchi boʻlib faoliyat yuritgan. 1955-yil mart oyidan boshlab Rubtsov eksperimental harbiy poligonida ishchi sifatida faoliyat olib borgan. 1955-yil oktyabrdan 1959-yil oktyabrgacha Shmoliy dengiz floti „Ostriy“ esminetsida (dengizchi va katta dengizchi unvoniga ega) masofani oʻlchash bilan shugʻullangan.
1957-yil 1-mayda „Za straje Zapolyara“ gazetasida uning birinchi gazeta nashri („May prishol“ sheʼri) boʻlib oʻtgan. Demobilizatsiyadan soʻng Leningradda yashab, Kirov zavodida mexanik, oʻt oʻchiruvchi va zaryadlovchi boʻlib faoliyat yuritgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1962-yil iyul oyida Boris Taygin yordamida oʻzining birinchi mashinada yozilgan „Volni i skali“ nomli toʻplamini nashr etdi[2]. 1964-yilda Moskvada Nikolay Rubtsovning birinchi sheʼrlar toʻplami „Oktyabr“ jurnalida nashr etilgan[3]. 1969-yilda Rubtsov Adabiyot institutini tamomlagan va „Vologodskiy komsomolets“ gazetasiga qabul qiliingan[4]. 1968-yilda Rubtsovning adabiy xizmatlari rasmiy eʼtirofga sazovor boʻlgan va Vologdada unga boshqa Vologda shoiri Aleksandr Yashin nomli koʻchadagi 3-sonli besh qavatli uyning beshinchi qavatidan 66-sonli bir xonali kvartira ajratilgan[5]. Yozuvchi Fyodor Abramov Rubtsovni rus sheʼriyatining yorqin umidi deb atadi[6]. Uning birinchi „Volni i skali“ toʻplami 1962-yilda samizdatda, ikkinchi sheʼrlar kitobi „Lirika“ 1965-yilda Arxangelskda rasman chop etilgan. Keyin „Zvezda poley“ (1967), „Dusha xranit“ (1969), „Sosen shum“ (1970) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Nashrga tayyorlanayotgan „Zelyoniye tsveti“ shoir vafotidan keyin chop etilgan. Vafotidan soʻng „Posledniy poroxod“ (Moskva, 1973), „Izbrannaya lirika“ (Vologda, 1974), „Podorojniki“ (Moskva, 1975), „Stixotvoreniya“ (1977) toʻplamlari nashr etilgan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1991-yil 27-iyunda sovet astronomi L. I. Cherniy tomonidan 1988-yilda kashf etilgan 4286 Rubtsov asteroidi N. M. Rubtsov sharafiga nomlangan[7].
- Nikolskoye qishlogʻida 1996-yildan beri N.M. Rubtsovning uy-muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda (sobiq mehribonlik uyi binosida). Muzey joylashgan ko‘cha, shuningdek, qishloqdagi maktab shoir nomi bilan atalgan.
- Vologdadagi koʻchaga Nikolay Rubtsov nomi berilgan va haykal oʻrnatilgan (1998-yil haykaltarosh A. M. Shebunin).
- 2009-yildan buyon Nikolay Rubtsov nomidagi Butunrossiya sheʻrlar tanlovi oʻtkazilmoqda. Uning maqsadi - mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari orasidan yosh izlanuvchan shoirlarni topish va qoʻllab-quvvatlash.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Могилы знаменитостей. Рубцов Николай Михайлович (1936-1971)“. www.m-necropol.ru. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
- ↑ „Волны и скалы“. 2010-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-noyabr.
- ↑ „Предатели никому не нужны — Литературная Россия“. 2020-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
- ↑ „Николай Рубцов. Биография. Жизнь. Смерть. Любовь… / Новости Украины и России // RT.KORR“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-iyun.
- ↑ Сазонов Геннадий. „Труд: Убийство“. www.trud.ru. АНО «Редакция газеты «Труд» (2001-yil 23-oktyabr). 2013-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-iyun.
- ↑ „Описание исторических и современных судебных процессов: "Надежду русской поэзии" Николая Рубцова убили или он умер сам?“ (ru). ПРАВО.Ru. 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „Citation for (4286)“ (en).