Nikolay Kamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nikolay Ilich Kamov
Николай Камов
Tavalludi 14-sentabr 1902-yil(1902-09-14)
Irkutsk,
Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-noyabr 1973-yil(1973-11-24)
(71 yoshda)
Moskva

Kamov Nikolay Ilich (1902.1(14). 9, Irkutsk — 1973.24.11, Moskva) — vertolyotsozlik sohasidagi rus konstruktori, Mehnat Qahramoni (1972), texnika fanlari doktori (1962). Vertolyotsozlik boʻyicha tajriba konstruktorlik byurosi bosh konstruktori (1940 yildan). Oʻkdosh sxemadagi vertolyotlar qurilishi asoschilaridan (oʻkdosh sxemadagi vertolyotda bitta umumiy oʻkda ikki koʻtaruvchi vint qarama-qarshi tomonga aylanadi). Uning rahbarligida Ka-8, Ka-10, Ka-15, Ka-18, Ka-25 va Ka-26 rusumli vertolyotlar; Ka22 rusumli vint-qanotli (samolyot bilan vertolyotning uygʻunlashuvi), aerochana yaratildi. K. yaratgan vertolyotlarning uchish-texnikaviy koʻrsatkichlari yuqori. Ular bilan 10 ta jahon rekordi oʻrnatilgan. K. yaratgan vintokrilda esa 8 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil