Nikitin Afanasiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afansiy Nikitin
ruscha: Афанасий Никитин
ruscha: Офонас Тферитин
Tavalludi XV asr (?)
Tver, Tver knyazligi
Vafoti 1475
(Smolensk knyazligi), Buyuk Litva knyazligi
Fuqaroligi Principality of Tver

Afanasiy Nikitin (ruscha: Афанасий Никитин; XV asr (?), Tver – 1475) — rus sayyoxi, tverlik savdogar. 1466-yil Tver shahridan chiqib jan.ga ketayotgan karvonlar bilan birga Volga daryosi va Kaspiy dengizi orqali Darbandga, Shemaxa xonligi orqali Bokuga yetib kelgan. Sungra Eron orqali yurib 1469-yil Xoʻrmuz shahriga, undan Arabiston dengizini suzib utib Hindistonga yetib borgan va oʻsha yerda kariyb 3 yil yashagan. Vataniga qaytishda Afrika sohilida (Somali), Arabiston yarim orolda (Maskat) boʻlgan. Soʻngra yana Eron shaharlari orqali yurib Trabzon shahriga yetib boradi. Qora dengizni suzib oʻtib, 1472-yil Kafa (Feodosiya) shahriga, undan Kiyevga yetib borgan.

Tverga qay-tishda vataniga yetmasdan oʻsha yili kuzda Smolensk shahri yaqinida vafot etgan. Sayohat davomida N. Hindistonning ijtimoiy tuzumi, davlatni boshqarish, xoʻjalik hayoti, dini, xalqining urf-odati, qisman tabiati haqida xil-ma-xil maʼlumotlar toʻpladi. Hindiston va Eronda barcha koʻrgan-kuzatganlari haqidagi xotiralarini, shuningdek, Shri Lanka, Xitoy va boshqa mamlakatlar haqida boshqalardan eshitganlarini "Uch dengiz osha" kundalik daftariga yozib qoldirgan. Undagi aniq faktik materiallar Hindistonning oʻsha davrdagi ijtimoiy hayoti haqida muhim manbadir. Tver shahrida 1955-yilda N.ga xaykal qoʻyilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vitashevskiy M.N., Stranstviya Afanasiya Nikitina, M., 1972.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil