Nikita Zaitsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikita Zaitsev
Zaitsev, 2014-yil
Tugʻilgan joyi 29-oktyabr 1991-yil (1991-10-29) (32 yosh)
Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
Ottawa Senators
Sibir Novosibirsk
CSKA Moscow
Toronto Maple Leafs
Milliy jamoa  Rossiya
Jamoalardagi faoliyat 2009—hozirgacha

Nikita Igorevich Zaitsev (talaffuzi: Nikita Igorevich Zaytsev) (ruscha: Никита Игоревич Зайцев) (1991-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Nikita Zaitsev hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoasi „Ottawa Senators“ xokkey klubida oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

KHL[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikita Zaitsev „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi tarkibiga Kontinental xokkey ligasining (KHL) 2009-yilgi KHL oʻsmirlar loyihasida birinchi bosqichda toʻrtinchi oʻrinda tanlov asosida qabul qilindi. Nikita Zaitsev bir necha oydan keyin klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nikita Zaitsev „Sibir Novosibrsk“ xokkey klubi safida toʻrt mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Nikita Zaitsev „CSKA Moscow“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Klubdagi oʻyinlari bilan Nikita Zaitsev xalqaro klublar eʼtiborni jalb qila boshladi[1].

2015-yilning yozidan NHL vakili „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi Zaitsevga qiziqa boshladi[2]. Keyingi mavsumning pley-off bosqichida Nikita Zaitsev klubdagi barcha himoyachilardan koʻra koʻproq ochko jamgʻardi[3].

NHL[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toronto Maple Leafs[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4]. Nikita Zaitsev 2-oktyabr kuni klub bilan mavsumoldi ilk oʻyinini „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. qozondi. 2016-yil 12-oktyabrda Zaitsev NHLdagi rasmiy debyutini „Ottawa Senators“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Nikita Zaitsev NHLdagi birinchi golini 2016-yil 17-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.

2017-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan 31,5 million dollarlik (yillik oʻrtacha qiymati) yangi yetti yillik shartnoma imzoladi[5].

2017—2018-yilgi mavsumda Zaitsev 2017-yil 17-dekabrda jarohat olib zaxiraga (IR) olindi. Nikita Zaitsev IRga joylashtirilgunga qadar „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan 18 oʻyinda 7 ochko toʻpladi[6]. Nikita Zaitsev 17 ta oʻyinni oʻtkazib yuborganidan soʻng, 2018-yilning 30-yanvarida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyin uchun safga qaytdi[7].

Ottawa Senators[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 1-iyulda Nikita Zaitsev (Connor Brown va Michael Carcone bilan birga) „Ottawa Senators“ xokkey klubi aʼzolari Cody Ceci, Ben Harpur, Aaron Luchukar evaziga almashtirildi[8]. 2022-yil 18-noyabrda Nikita Zaitsev klubning AHL filialiga yuborildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 MHC Krylya Sovetov RUS.2 8 0 0 0 0 3 0 0 0 2
2008—2009 MHC Krylya Sovetov-2 RUS.4 23 6 12 18 24
2009—2010 Sibir Novosibirsk KHL 40 0 1 1 6
2009—2010 Siberian Snipers MHL 4 0 1 1 2
2010—2011 Sibir Novosibirsk KHL 39 0 2 2 12 4 0 0 0 2
2010—2011 Siberian Snipers MHL 4 1 2 3 0
2010—2011 Zauralie Kurgan VHL 4 0 2 2 4
2011—2012 Sibir Novosibirsk KHL 53 1 3 4 28
2011—2012 Siberian Snipers MHL 4 4 0 4 0
2012—2013 Sibir Novosibirsk KHL 49 7 11 18 41 7 1 0 1 8
2013—2014 CSKA Moscow KHL 33 4 8 12 18 4 1 1 2 27
2014—2015 CSKA Moscow KHL 57 12 20 32 31 16 1 7 8 2
2015—2016 CSKA Moscow KHL 46 8 18 26 20 20 4 9 13 10
2016—2017 Toronto Maple Leafs NHL 82 4 32 36 38 4 0 0 0 0
2017—2018 Toronto Maple Leafs NHL 60 5 8 13 31 7 0 2 2 2
2018—2019 Toronto Maple Leafs NHL 81 3 11 14 18 7 0 0 0 2
2019—2020 Ottawa Senators NHL 58 1 11 12 22
2020—2021 Ottawa Senators NHL 55 4 13 17 26
2021—2022 Ottawa Senators NHL 62 2 9 11 28
KHL jami 317 32 63 95 156 51 7 17 24 49
NHL jami 398 19 84 103 163 18 0 2 2 4

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009-yil Rossiya WJC18 2nd 7 1 4 5 14
2010-yil Rossiya WJC 6 6 0 0 0 4
2011-yil Rossiya WJC 1st 6 0 0 0 0
2013-yil Rossiya WC 6 3 1 0 1 0
2016-yil Rossiya WC 3rd 10 1 3 4 2
2016-yil Rossiya WCH 4 4 0 2 2 2
2018-yil Rossiya WC 6 8 0 8 8 0
2019-yil Rossiya WC 3rd 10 2 2 4 0
Oʻsmirlar safida 19 1 4 5 18
Kattalar safida 35 4 15 19 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Maple Leafs Sign Defenceman Nikita Zaitsev“. National Hockey League (2016-yil 2-may). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  2. „Leafs summer recruit Nikita Zaitsev thriving in final year of KHL deal“. Pension Plan Puppets (2015-yil 22-oktyabr). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  3. „Alex Semin, Metallurg win KHL championship in thrilling Game 7“. Roger's Sportsnet (2016-yil 19-aprel). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  4. „Maple Leafs Sign Defenceman Nikita Zaitsev“. National Hockey League (2016-yil 2-may). Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr. „Maple Leafs Sign Defenceman Nikita Zaitsev“. National Hockey League. 2 May 2016. Retrieved 6 October 2016.
  5. „Maple Leafs sign Nikita Zaitsev to long-term extension; Ben Smith inked - Sportsnet.ca“ (en-US). Sportsnet.ca. Qaraldi: 2017-yil 2-may.
  6. Canadian Press. „Maple Leafs recall Martin Marincin, place Nikita Zaitsev on IR“. Sportsnet.ca. Sportsnet (2017-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 17-dekabr.
  7. „Holl, Dermott pick up first career NHL goals as Leafs beat Islanders“. tsn.ca (2018-yil 31-yanvar). — „Defenceman Nikita Zaitsev was also back in Toronto's lineup after missing 17 games with a foot injury.“. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  8. „Senators acquire Zaitsev, Brown from Toronto in six-player deal“. Ottawa Senators (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.