Neyromultivit preparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neyromultivit preparati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Preparatning savdo nomi:Neyromultivit

Ta'sir etuvchi moddalar(XPN):tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, siankobolamin

Chiqarilish shakli:inyeksiya uchun eritma 2ml

Tarkibi:2ml eritma tarkibida quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:100 mg tiamin gidroxloridi;100 mg piridoksin gidroxloridi;1 mg siankobolamin; yordamchi moddalar dietanolamin, inyeksiya uchun suv

Farmokoterapevtik guruhi:vitaminlar, B guruh vitaminlar majmuasi

Qo'llanilishi:

-turli sababli polineyropatiyalar

-nevritlar va nevralgiyalar

-umurtqa pog'onasining degenerativ kasallliklari oqibatidagi radikulonevritlari (bo'yin sindromi, kaft va bilak sindromi, bel-dumg'aza sindromi)

-ishialgiya

-uch shoxli nerv nevralgiyasi, qovurg'alararo nevralgiyada qo'llaniladi.

Qo'llash usuli va dozalari:Preparat faqat mushak ichiga (dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga) yuboriladi. Og'ir o'tkir holatlarda-sindrom bartaraf etilguncha kuniga 1 inyeksiya, og'ir bo'lmagan holatlarda-1 inyeksiyadan haftada 2 - 3 marta.

Nojo'ya ta'sirlari:

Juda kam hollarda<1-10.000

-yuqori sezuvchanlik reaksiyalari(asosan teri ko'rinishlari shaklida)

-anafilaktik reaksiyalar

-reflekslarni yo'qolishi bilan Sensor nevropatiya, ataksiya yuzaki va chuqur sensor faoliyati buzilishi simpatoplegiya

-xlorid kislota gipersekretsiyasi

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:

-preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,

-eritremiya, eritrotsitoz

-B guruh vitaminlari gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.

Dorixonalarda berish tartibi:retseptsiz