Kontent qismiga oʻtish

Nemischa olxoʻri pirogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Augsburgdan olxoʻri keki
"Zvechge" olxoʻri keki uchun juda mos keladi

Nemischa olxoʻri pirogi (zwechgenkuchen nemischa: Zwetschgenkuchen yoki pflaumenkuchen, nemischa: Pflaumenkuchen ) — xamirturush yoki uvadalanuvchan xamir asosida yangi yozgi koʻk olxoʻri bilan toʻldirilgan va pishirish qogʻozida tayyorlanuvchi meva bargli pirog hisoblanadi. U Germaniyaning Augsburgda paydo boʻlgan anʼanaviy pirogi hisoblanadi[1].

Nemis tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda katta va yumaloq shakldagi shirali koʻk olxoʻri (prunus domestica, nemischa: Pflaume ) va toʻq rangdagi, uzunchoq shaklda va kichik (prunus domestica subsp. domestica, nemischa: Zwetschge kabi turlarga koʻra piroglarni toʻldirmasiga mos keladi . Xamirning yupqa qatlamiga terisini pastga qaratib olxoʻri mevalari terib chiqiladi. Baʼzida pirogga un, shakar,[2] sariyogʻ va doljindan tayyorlanadigan qandolat parchalari ustiga sepiladi[3]. U Germaniya, Avstriya va Shveytsariyaning turli mintaqalarida mashhur boʻlib, boshqacha nomlarga ega. Deutsche Welle maʼlumotlariga koʻra olxoʻri pirogi Germaniyada olma pirogi bilan birga teng mashhurlikka egadir[4]. Badenda olxoʻri pirogi anʼanaviy ravishda kartoshka shoʻrvasi bilan birga tortiladi[5] .

  1. Lothar Bendel. Augsburger Datschi // Deutsche Regionalküche von A—Z. Mit Grundrezepten zum Nachkochen. — Random House, 2013. — 384 S. — ISBN 9783730690420.
  2. t-online.de: Pflaume ili svechge? Razlichiya Arxivnaya kopiya ot 3 marta 2021 na Wayback Machine (nem.)
  3. Из Европы с любовью 2013.
  4. „Deutsche Welle: Кулинарные шедевры из остатков“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  5. Die Welt: U kartofelnogo supa so slivovim pirogom est traditsiya Arxivnaya kopiya ot 19 oktabrya 2020 na Wayback Machine
  • „Сливовый пирог с кондитерской крошкой“, Из Европы с любовью. Выпечка от А до Я, 4000 экз, Берлин: Д-р Оеткер Ферлаг, 2013 — 189-bet. ISBN 978-3-944271-02-6. 
  • Erhard Gorys. Zwetschgendatschi // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 595. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.