Tromb
Tromb (yunoncha: thrombos — laxta) — organizm tirikligida tomir yoki yurak boʻshligʻida ivib qolgan qon. Qon ketishi natijasida tomirdan tashkaridagi qon laxtasi va limfa tomirlarida limfaning ivib qolishi ham T. deyiladi. T. hosil boʻlishi trombotsitlar agglyutinatsiyasi, fibrinogen koagulyatsiyasi, eritrotsitlar agglyutinatsiyasi va qon plazmasi oqsillari pretsipitatsiyasi kabi bosqichlardan iborat. Oq, qizil, aralash va gialin T. ajratiladi. Oq T. trombotsitlar, fibrin va leykotsitlardan tarkib topib, qon tez oqishida (aksari arteriyada) sekin hosil boʻladi. Qizil T., asosan, eritrotsitlar (kamroq leykotsitlar)dan iborat, sekin qon oqishida (koʻproq venada) tez yuzaga keladi. Kizil va oq T.ning qatqat aralashmasidan tuzilgan, yuzasi gofrirli aralash T. koʻp uchraydi. Gialin T. tomir kapillyarlarida vujudga kelib, gomogenlashgan oqsil massasidan tarkib topgan. Tomir devori T.i (tomir devorida hosil boʻlib, ammo uning boʻshligʻini berkitmagan) va tiqilgan T. (tomir boʻshligʻini berkitib qoʻygan T.) boʻladi. Tomir devori T. i endokardit, yurak poroklari va boshqalarda, aksari yurakda, aterosklerozda yirik arteriyalarda, tromboflebitda vena tomirlarida vujudga keladi. Bu xil T. kattalashsa (tikilgan T.) tomir boʻshligʻini berkitib qoʻyadi. Dimlanish T.i (tomirda kon dimlanib qolishidan kelib chiqadi, koʻproq yurak faoliyati yetishmovchiligida uchraydi) va tomir boʻshligʻiga qarab tez oʻsadigan T. ham bor. T. soʻrilishi yoxud biriktiruvchi toʻqimaga qoʻshilib ketishi, yiringlab, sepsista olib kelishi mumkin.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |