Negaraku
![]() Malayziya davlat gerbi | |
Malayziya davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | asl muallif: Sayful Bahri, 1954-yil |
---|---|
Bastakor | Pierre-Jean de Béranger |
Qabul qilindi | 1957 yil ; 65 yil oldin |
Negaraku (talafuzi [nəgaraku]) Malayziyaning davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya 1957-yilda Malayya Federatsiyasi Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganida davlat madhiyasi sifatida qabul qilingan. Bu kuy dastlab Perak shtatining mintaqaviy madhiyasi sifatida ishlatilgan. Musiqsi Per-Jean de Beranjer tomonidan yaratilgan „La Rosalie“ nomli mashhur fransuz kuyidan olingan[1].
Madhiyaning aranjirovkasi 1992, 2003 va 2006-yillarda bir necha marta oʻzgartirilgan.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tanlov va taklif etilgan bastakorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik davrida Malaya federatsiyasini tashkil etgan oʻn bir shtatning har biri oʻz mintaqaviy madhiyasiga ega edi, ammo umuman Federatsiyaning milliy madhiyasi yoʻq edi. Oʻsha paytda Bosh vazir va Ichki ishlar vaziri Tunku Abdul Rahmon tegishli milliy madhiyani tanlash uchun qoʻmita tashkil qilgan va unga rahbarlik qilgan. Uning taklifi bilan jahon miqyosida tanlov boshlandi. 514 ta ariza qabul qilindi, biroq hech biri mos deb topilmadi.
Keyinchalik, qoʻmita koʻrib chiqish uchun kompozitsiyalarni taqdim etish uchun xalqaro obroʻga ega tanlangan bastakorlarni taklif qilishga qaror qildi. Tanlangan kompozitorlar Benjamin Britten (keyinchalik u oʻzining topshirigʻini "qiziqarli va men qoʻrqamanki, omadsiz ish boʻlib qolishidan deya taʼriflagan), 1953-yilda qirolicha Elizabeth IIning toj kiyish marosimiga marsh bastalagan ser William Walton edi. Shuningdek, amerikalik opera bastakori Gian Carlo Menotti va keyinchalik Singapur milliy madhiyasi boʻlgan „Majulah Singapura“ni bastalagan Zubir Said bor edi . Ularning ishlari ham rad etildi.
Perak Davlat madhiyasi kuyidan foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]
1957-yil 5-avgustda Qoʻmita Perak Davlat madhiyasini tanladi va uning kuyining „anʼanaviy tarzini“-ni hisobga oldi. Davlat madhiyasining yangi matnlari Tunkuning o‘zi boshchiligidagi Hakamlar hay’ati tomonidan birgalikda yozilgan. Oʻsha paytda bu kuy hali Perak davlat madhiyasi boʻlgan „ Alloh Lanjutkan Usiya Sulton“ edi.
Qoʻshiq Seyshel orollarida eng katta orol boʻlgan hududda surgunda yashagan Perak sulton Maheda haqida boʻlib, u aholi orasida juda mashhur boʻlgan. Baʼzi mish-mishlarga koʻra, u buni oroldagi ommaviy tadbirda eshitgan. Bu Parijda tugʻilgan va vafot etgan lirik Per-Jan de Beranjer (1780-1857) tomonidan yaratilgan mashhur fransuz kuyiga oʻrnatilgan qoʻshiq edi. Ammo buning uchun hech qanday dalil yoʻq, chunki u oʻz qoʻshigʻi uchun boshqalarning kuylaridan foydalanadigan soʻz muallifi boʻlgan va uning nomi nashr etilgan toʻrtta qoʻshiq jildida yoki qoʻshiqlari uchun ishlatgan kuy hajmida koʻrsatilmagan.
Shuningdek, 1887-yildan 1916-yilgacha Perakda hukmronlik qilgan Sulton Idris Murshidul Azzam Shoh 1901-yilda qirol Edvard VII ning toj kiyish marosimida Federativ Malay Davlatlari Hukmdorlari nomidan qatnashganida, uning protokol xodimidan uning davlat madhiyasi nima ekanligini soʻrashganligi daʼvo qilinadi. Xodim shu vaqtda madhiya yoʻqligini tushunib, mezbonlar oldida yomon boʻlib koʻrinmaslik uchun yuqorida aytilgan kuyni aytadi[2].
1992 yil qayta tashkil etish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda madhiyaga yangi va tezroq boʻlgan marsh ritmi berildi, bu mashhur boʻlmagan va koʻp masxaralarga sabab boʻlgan, baʼzi malayziyaliklar esa oʻzgartirilgan temp sirk musiqasiga oʻxshab ketganini izohlagan[3].
Qoʻshiq matni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Malay tilida[4][5] | IPA transkripsiya | Inglizcha tarjima | Oʻzbekcha tarjima |
---|---|---|---|
[nə.ga.ra.ku] |
My motherland, |
Odob qoidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat madhiyasi yangraganda yoki kuylanganda, shuningdek qisqartirilgan yoki qisqacha varianti yangraganda, hozir boʻlganlarning barchasi hurmat belgisi sifatida eʼtibor qaratishlari kerak, u radio yoki televidenie eshittirishlari yoki kinoxronikalarning bir qismi sifatida ijro etilgan yoki kuylangan hollar bundan mustasno. Barcha bosh kiyimlar (diniy va harbiy kiyimlardan tashqari) olib tashlanishi kerak. Forma kiygan harbiy xizmatchilar madhiya yangraganda, tarkibdan chiqqanda salom berishlari shart.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Kong See Hoh. „Negaraku tune adopted from 'La Rosalie'“. The Sun. Sun Media Corporation Sdn. Bhd. (7-iyun 2016-yil). 16-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-sentyabr 2016-yil.
- ↑ The National Anthem Of Malaysia - Negaraku, 11 January 2010da asl nusxadan arxivlandi
- ↑ Negara, Pelita „Will 'Negaraku' be stripped of all remaining dignity?“. Malaysiakini (1-avgust 2003-yil). Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
- ↑ „Negaraku“. Official Portal of the Department of Agriculture. 11-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
- ↑ „Lirik Lagu Negaraku“. Official Portal of the Petaling Jaya City Council. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Download in Unit Protokol & Penyelidikan, Bahagian Istiadat & Urusetia Persidangan Antarabangsa
- Listen in Ministry of Higher Education
- Malaysia: Negaraku — Audio of the national anthem of Malaysia, with information and lyrics (archive link)
- Negaraku with English lyrics translation YouTubeda
- Instrumental version with Malay lyrics on YouTube