Nefron
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Nefron (yun. nephros — buyrak) — buyrak qilnaychalari; umurtqali hayvonlar va odam buyragining asosiy strukturaviy-funksional boʻlagi (elementi). Buyrak koptokchasi va undan tarmoqlanib chiquvchi buyrak kanalchalaridan tuzilgan. N.lar siydik hosil boʻlish jarayonida qondan moddalar al-mashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; birlamchi siydik tarkibidan suvning qonga qayta soʻrilishini taʼminlaydi; oqsil, suv-tuz, ishqoriykislotali muhitni idora qiladi, qon tarkibini boshqaradi. Har bir buyrakda taxminan 1 mln. N. boʻladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |