Nazira Muxtorova
Nazira Muxtorova | |
---|---|
Tavalludi | 1966-yil 6-fevral |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston fuqarosi |
Kasbi | Senator |
Nazira Muxtorova (1966-yilda tugʻilgan) — Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, Jizzax viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, Oliy Majlis senatori. Shuningdek, axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazira Muxtorova 1996-yil 6-fevral kuni tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy hamda mutaxassisligi iqtisodchi[1]. 1997-yildan buyon Jizzax viloyati hokimligida har xil ish oʻrinlarida faoliyat olib borgan. 2009—2017-yillarda Jizzax shahar hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻlgan[2]. Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimidan Gulnora Toʻraeva ozod qilingan va oʻrniga Nazira Muxtorova ushbu tayinlangan[3].
2018-yil 12-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida“gi qonunining 21 va 25-moddalari bilan Jizzax viloyati hokim oʻrinbosarligi lavozimiga qoʻyiladi[4]. 2022-yil mart oyidan boshlab oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi[5]. Ajrimlarni kamaytirish boʻyicha sud ham, FHDYo boʻlimlari ham ajrim uchun ariza topshirgan oilalar soʻrovlarini oʻrganish uchun hududiy xotin-qizlar qoʻmitasiga yuborish masalasini yoʻlga qoʻyadi. 199 ta ajrim soʻrovlarini 129 tasi qaytarib olingan, bu degani 129 tasi yarashtirilgan. Shu bilan birga 60 nafar oila ajralgani bilan, oilalarni koʻp qismi asrab qolingani ham yutuq deb hisoblaydi va shunday deydi:
Joriy yilning o‘tgan 8 oyida ajralish yoqasiga kelib qolgan 199 oiladan 129 tasi yarashtirildi. Bu ajrashib ketgan oilalar soniga nisbatan u qadar muvaffaqiyatli natija emas. Ammo ajralib ketishdan saqlab qolingan oilalardagi bolalar taqdiri hisobga olinsa, bitta oila buzilishining oldi olinishi ham jamiyat uchun katta foyda.
— Nazira Muxtorova, [6]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazira Muxtorova „Doʻstlik“ ordeni sohibasidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Muxtorova Nazira Abdusattarovna“.
- ↑ „Nazira Muxtorova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi“ (2018-yil 14-noyabr).
- ↑ „Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida hokimlar o`zgardi“ (2018-yil 5-aprel).
- ↑ „Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi“ (14-noyabr 2018).
- ↑ „Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (2022-yil 1-avgust).
- ↑ https://aniq.uz/uz/yangiliklar/7-oyda-600-ta-ajrim-bunga-kim-javobgar