Nayoro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nayoro

名寄市
Shahar
Skyline of Nayoro
Nayoro
Bayroq
Nayoro
Gerb
44°21′21″N 142°27′48″E / 44.35583°N 142.46333°E / 44.35583; 142.46333 G OKoordinatalari: 44°21′21″N 142°27′48″E / 44.35583°N 142.46333°E / 44.35583; 142.46333 G O
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Takeshi Kato
Maydon 535.23 km2 (206.65 mi²)
Aholisi
 (Sentyabr 2016)
28,373
Zichligi 53/km2 kishi/km2
Nayoro xaritada
Nayoro
Nayoro

Nayoro (yaponcha: 名寄市(Nayoro-shi) Ainu tilida: "vodiyning oʻrtasi"?) Xokkaydoning Kamikava subprefekturasidagi shahar.

2016-yil sentyabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 28373 kishini tashkil etadi va aholi zichligi 53 kishi/km2 (140 kishi/kv.m.). Umumiy maydoni 535.23 km2 (206.65 mi²).

2006-yil 27-martda Nayoro Furen shahri bilan birlashtirilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1909-yil: Kaminayoro qishlogʻiga asos solingan.
  • 1915: Kaminayoro qishlogʻi Nayoro shaharchasiga aylandi.
  • 1920: Chiebun qishlogʻi Shimonayoro qishlogʻidan ajralib chiqdi.
  • 1924: Shimokava qishlogʻi Nayoro shahrchasidan ajratildi.
  • 1954:Chiebun qishlogʻi Nayoro shaharchasiga qoʻshildi.
  • 1956: Nayoroga shahar maqomi berildi.
  • 2006: Furen shaxarchasi Nayoro shahri bilan birlashtiridi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayoroning asosiy sanoati qishloq xoʻjaligidir. Kunduzgi va tungi harorat oʻrtasidagi katta farq, yozda 30 °C dan yuqori issiqlik va salqin tunlar hosil miqdorini oshiradi va zararli hasharotlar sonini kamaytiradi. Pestidsidlar kam ishlatilgani natijasida, hosil sifati ham oshadi. Nayoro Yaponiyada glyutenli guruch (mochi-gome) ishlab chiqarish miqdorida eng yuqori oʻrinda turadi. Yana bir muhim ekinlardan biri kungaboqardir. U asosan kungaboqar yogʻi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Xozirda Nayoro dalalarining 60 gektarida kungaboqarning turli navlari ekilmoqda[1].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nayoro Shahri Universiteti

Kollejlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nayoro Shahri Universiteti qoshidagi kollej

Yuqori maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xokkaydo Nayoro yuqori maktabi
  • Xokkaydo Nayoro sanoat yuqori maktabi

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poyezdlar Nayoro magistral liniyasi va Shimmei liniyasi orqali Nayoro stantsiyasidan qatnaydi.

Nayoro shahrida quyidagi temir yoʻl stansiyalari mavjud: Soya Asosiy liniyasi: Furen – Nayorokoukou – Nayoro – Nishshin – Chiebun – Chihoku

Yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayoro shahri Vakkanai va Xokkaydoning janubiy qismlarini bogʻlovchi 40-sonli milliy marshrut hamda Xokkaydo poytaxti Sapporoga olib boruvchi Xokkaydo Avtomagistraliga ulangan. Shaharning gʻarbiy tomonida joylahgan Nayoro aylanma yoʻlining (40-marshrut) ikkita oʻtish yoʻlidan Nayorga kirish mumkin.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayoro nam va qorli issiq yoz nam kontinental iqlimga ega (Köppen Dfb). Yozlari iliq, baʼzida esa juda issiq. Qishllari Yaponiya iqlimiy meyorlariga nisbatan juda sovuq va uzoq davom etadi. Yaqinidagi dengiz taʼsiri sabab, qalin qor yoʻgishi ko'p kuzatiladi.

Maskoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayoroning ramziy belgisi —Nayoro-kun (yaponcha: Nayoro-kun?). Nayoro-kun – yulduzlarni tomosha qilishni va oʻyinchoqlarni yigʻishni yaxshi koʻradigan mochi (yapon shirinligi) koʻrinishidagi oʻzga sayyoralik. U yulduzlarni oʻrganish uchun doimo oʻzi bilan teleskop olib yuradi. U Ebetsu shahridan Sakiko Yatani tomonidan ishlab chiqilgan va Sapporolik Ayumi Xagivara nomini bergan[2][3].

Egizak shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lindsay, Ontario, Kanada
  • Dolinsk, Rossiya

Mahalliy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fujishima, Yamagata
  • Suginamiku, Tokyo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Main Industries“.
  2. „名寄市観光キャラクター「なよろう」“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  3. „Yuru- chara Gran-prisi“.