Navroʻzgul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navroʻzgul
Primula vulgaris
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Boʻlim: Magnoliophyta
Sinf: Magnoliopsida
Turkum: Ericales
Oila: Primulaceae
Urugʻ: Primula


Navroʻzgul (Primula) — navroʻzguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor N.ning boʻyi 15—30 sm. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti toʻmtoq arrasimon, bandli, qanotchali. Toʻpguli soyabonsimon. Guli yirik, sariq. Mevasi — koʻp urugʻli, koʻngʻir, koʻsakcha. Bargi tarkibida S vitamini, karotin, saponin va boshqa birikmalar bor. Ildizi va ildizpoyasining qaynatmasi bronxit kasalligida balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida, bargining damlamasi avitaminozda qoʻllanadi. N.ning Oʻzbekistondagi turlari manzaralidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil