Natalia Livingston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalia Livingston
Tavalludi 26-mart 1976-yil (1976-03-26) (48 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002–hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Matt Aldag (turm. 2016)
Bolalari 2

Natalya Livingston (1976-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U Emily Quartermaine va Rebecca Shaw [1] bilan ABC kanalining General Hospital serialidagi rollari hamda NBC telekanalining "Days of Our Lifes" serialida Taylor Walker rollari bilan tanilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livingston Pensilvaniya shtatining Jonstaun shahrida tugʻilgan[2]. Uning otasi James Livingston fizik, onasi Martha Livingston rassom va ispan tili oʻqituvchisi boʻlgan. Livingston yarim meksikalik va u ispan tilini yaxshi biladi. U Jorjiya shtatining Makon shahrida katta boʻlgan va odatta yozgi taʼtillarni Meksikada oʻtkazgan.

Livingston Emory universitetida sotsiologiya mutaxassisligida taʼlim olgan. U oʻrta maktabda aktyorlik faoliyatini boshlagan va kollejda aktyorlik darslari oʻqib, aktyorlikka qiziqishini davom ettirgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng u ijtimoiy ish sohasida amaliyot oʻtagan va keyinchalik aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livingston birinchi marta 2003-yil 1-aprelda General Hospital serialida Emily Quartermaine rolini ijro qilgan. Alan va Monica Quartermainelarning asrab olingan qizi Emily 2003-yilda koʻkrak saratoni bilan kurashgan taniqli qahramon edi. 2005-yil 20-mayda Livingston Emily obrazi uchun drama serialda ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nominaciyasi bilan Daytime Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u serialni tark etishga qaror qiladi va Emily roli serialda 2007-yilning noyabr oyida oʻldirilgan; ammo, Livingston 2008-yil 7-mayga qadar vaqti-vaqti bilan uning sevgilisi Nikolas Cassadinening (Tyler Christopher) koʻziga koʻringan ruh sifatida suratga tushishni davom ettirgan.

2009-yil 15-yanvarda Livingston General Hospital serialiga oʻn bir (11) oy vaqt muddatiga Emilyning biologik egizak singlisi Rebecca Shaw rolida qaytgan.

Livingston, shuningdek, "Popstar" (2005-yil) va "West of Brooklyn „ (2008-yil) filmlarida, 2012-yilda “Rough Hustle" filmlarida suratga tushgan[3].

2011-yilda Livingston "The Man Who Ate New Orleans" nomli hujjatli filmni suratga olgan va film 2012-yilda PBS telekanalida namoyish etilgan[4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livingston 2004-yilning oʻrtalaridan 2006-yil boshlariga qadar General Hospital serialidagi hamkasbi Tyler Christopher bilan uchrashib yurgan[5]. 2016-yil 3-sentabrda Pensilvaniya shtatining Bedford shahrida uzoq yillik sevgilisi, nevrolog va ilmiy muallif Matt Aldagga bilan turmush qurgan[6]. 2018-yil fevral oyida Livingston oʻzining birinchi farzandiga homlodor ekanligini eʼlon qiladi va 2018-yil 6-sentyabrda qiz farzandni dunyoga keltiradi[7].2020-yil 2-sentabr kuni instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali u John Huxley Livingston Aldag ismli oʻgʻil farzandi tugʻilganini eʼlon qilgan.


Livingston Susan G. Komen jamgʻarmasi va Revlon Run/Walk for Women bilan faol ishtirok etib, milliy kampaniyalar orqali pul yigʻish va xabardorlikni oshirishga yordam berib kelgan. U Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya, Afrika va Shimoliy va Janubiy Amerikada sayohat qilgan va Hindistonga safari davomida Tereza ona uyida ishlagan[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2005-yil Emily Quartermaine roli uchun ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa Daytime Emmy mukofotiga sazovor boʻldgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. General Hospital: Rebecca Shaw“. Soaps.com. 2009-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-may.
  2. General Hospital Cast: Natalia Livingston“. Soaps.com. 2009-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-may.
  3. General Hospital Bios: Natalia Livingston (Rebecca Shaw)“. ABC.com. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-may.
  4. 4,0 4,1 Natalia Livingston profile, nbc.com; accessed December 3, 2015.
  5. It's Official They're In Love. Sopa Opera Weekly (2004-yil 7-dekabr).
  6. Cushman, Dustin. „Natalia Livingston Weds Matt Aldag“. Soaps.sheknows.com. (2016-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr. .
  7. SOD. „GH Alum Expecting“. Soap Opera Digest. United States: American Media, Inc.. Odyssey Magazine Publishing Group Inc. (2018-yil 14-fevral). 2018-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  8. „Daytime Emmy Winners & Nominees: 2005“. SoapOperaDigest.com. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-may.

  [[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1976-yilda tugʻilganlar]]