Meksikanlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Meksikanlar (oʻzlarini - mexikano deb atashadi) — xalq, Meksikaning asosiy aholisi. Umumiy soni 91 mln. kishidan ortiq. Shundan 78 mln. kishi Meksikada yashaydi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, AQSH (13 mln. kishi)da, Kanada (30 ming kishi) va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida hamda Ispaniyada yashaydilar. Asosan, metislar. Ular ispan bosqinchilari (XVI asr), kuchib kelgan ispanlar bilan tub joy indeys (atsteklar, mayya, otomi, mishteklar, sapoteklar) va qora tanli aholi bilan aralashib ketishidan tashkil topgan. XIX asrga kelib metislar Meksika millatining negizini tashkil qilgan. M. ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — aksariyati, katoliklar, qolgani — asosan, protestantlar (baptistlar). M. dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi, koʻp qismi sanoatda band.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |