Nasx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasx (arab. bekor qilish) — Qurʼon oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini oʻzgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat — "mansux" (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat — "nosix" deb ataladi. Islom tarixiga koʻra, Qurʼon oyatlari yaxlit emas, balki vaqt-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga koʻra, 23 yil mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar koʻrsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun baʼzi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan boʻlsa, oʻshanisi nosix, oldin nozil qilingani esa, mansuxdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil