Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasr Ibn Sayyor Allaysiy Ibn Lays Ibn Rofeʼ Ibn Robiʼa Ibn Juray Ibn Auf Ibn Amir (taxminan 666—748) — mash-hur arab sarkardasi, Xuroson voliysi (738—748). Arablarning mudariy qabilasidan. 728—29 yillarda Samarqand no-ibi, soʻngra Balx va butun Xuroson noibi. Kutayba ibn Muslimping Movarounnahrga qilgan yurishlarida ishtirok etgan. Tabarishshng yozishicha, Xuroson N. ibn S davrida nihoyatda ravnaq topgan. N. ibn S Movarounnahrni uzil-kesil arablar qoʻl ostiga oʻtishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyoda Horis ibn Surayj harakatini bostirish uchun 738—739 yillarda Samarqand, Choch, Forob va Far-gʻonaga bir necha bor yurish qilgan. N. ibn S. Movarounnaxrda oʻz mavqeini mus-tahkamlash uchun moliya islohotini oʻtka-zadi, shuningdek, islomni yangi qabul qilgan kishilar jizya soligʻidan ozod qilinadilar, barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilganlar. Yer egasi, eʼtiqodidan qatʼi nazar, xiroj toʻlashi shart qilib qoʻyilgan. N. ibn S mahalliy zodagonlar (dehqonlar) yordamida mamlakatni itoatda tutib turishga intilgan. Shu maqsadda u xalifalik tomoniga oʻtgan yirik dehqonlarning avvalgi imtiyozlarini tiklaydi, buxorhudo/yaning qiziga uylanadi. Ammo shunga qaramay mamlakatdagi xalq ozodlik harakatlariga barham bera olmaydi. Abu Muslim bilan boʻlgan bir necha jangda magʻlubiyatga uchragach, (qarang Abu Muslim harakati), Iroqqa yoʻl olgan. Isfahon rus-toqlaridan biri Sava (Savat, Savax)da vafot etgan.

Manbalar: Istoriya at-Tabari, T., 1987; Abu Sa’id Gardizi, Zayn al-axbar, T., 1991.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil