Abu Muslim harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu muslim harakati – 747 -750 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan harakat. Unga Abu Muslim boshchilik qilgan. Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, umaviylar siyosatidan norozi bo‘lgan Xu-rosondagi arab muxolifatchi guruhlari va kullar edi. Umaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mo-xuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Mus-lim soliqlarni qisqartirish va maj-buriy hashar ishlarini bekor qilishga va’da beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747 yil dekabr– 748 yil yanvarda Abu Muslim umaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748 yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748 yilda xalifalikning poy-taxti Damashqqa yurish qiladi, 749 yilda Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etib, 750 yil boshlarida Katta Zab daryosi bo‘yida hal qiluvchi g‘alabaga erishdi va xalifa Marvon IIni taxtdan olib tash-ladi. Uning o‘rniga payg‘ambar(sav)ning amakisi Abbos avlodidan bo‘lgan Abul Abbos as-Saffoh (750 – 754) xalifa bo‘ladi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qo‘liga o‘tadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil