Nashtar (kinojurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"NASHTAR" — satirik kinojurnal. 1966-yilda "Oʻzbekfilm" qoshida Sami Abduqahhor, Anatoliy Qobulovlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kundalik hayotda uchraydigan ijtimoiy illatlarga qarshi satira, yumor yordamida kurashish "N."ning asosiy vazifasidir. Har bir kinojurnal badiiy, hujjatli, baʼzan multiplikatsiya yoʻli bilan suratga olinadi. Kinojurnalni xalqqa manzur qilishda taniqli yozuvchilar (S. Ahmad, I. Rahim, S. Abduqahhor va boshqalar), teatr va kino aktyorlari (F. Aʼzamov, H. Umarov, B. Ixtiyorov, K. Jalilova va boshqalar)ning xizmatlari katta. 1998-yildan "N." "Oʻzbekkino" davlat aksiyadorlik kompaniyasi krshidagi Respublika "Videomarkaz" tarkibiga oʻtkazildi. "N."da turli yillarda Gʻani Shermuhamedov, Oʻlmas Umarbekov, Sami Abduqaxdor, Anatoliy Qobulov kabi tanikli ijodkorlar badiiy rahbar, rej., bosh muharrir sifatida faoliyat koʻrsatdilar. Hozirgi kunda A. Yusupov, S. Azlarov (bosh muharrir), E. Xushvaqtov, M. Abzalov, E. Xachaturov, Q. Xasanov, S Boboyev, F. Davletshin, I. Ergashev va boshqa "N."ning asosiy tashkilotchilari. Aktyorlardan Klara Jalilova, Dias Rahmatov, Ravshan Solihov, Valijon Shamshiyev, Zebo Navruzova kabilar faol ishtirok etishadi. "N." yiliga 4-marta chiqariladi (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil