Narzulla Muslimov
Narzulla Alixonovich Muslimov | |
---|---|
Tavalludi |
29-mart 1961-yil Chimkent, Qozogʻiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Narzulla Alixonovich Muslimov (1961-yil 29-mart, Chimkent, Qozogʻiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2007), professor (2009).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narzulla Muslimov 1961-yil 29-martda Chimkentning Eski Iqon qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1978—1982-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutini umumiy texnika fanlari va mehnat oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1984—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy tadqiqot boʻlimida laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 1991—1992-yillarda „Mehnat ta’limi metodikasi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1992—1997-yillarda „Ishlab chiqarish asoslari“ kafedrasi mudiri, 1997—2008-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti kasb ta’limi fakulteti dekani, 2008—2010-yillarda magistratura boʻlimi boshligʻi, 2010—2012-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2013-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi direktori[1].
Oilsi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, uch nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narzulla Muslimov 1991-yilda nomzodlik dissertаsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2007-yilda doktorlik dissertаsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2009-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 5 ta monografiya, 6 ta darslik, 22 ta oʻquv qoʻllanma, 26 ta oʻquv metodik qoʻllanma muallifi[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2006).