Nana Asare
Nana Akwasi Asare (talaffuzi: Nana Akvasi Asare) 1986-yil 11-iyulda Kumasida tugʻilgan. Futbolchi „Gent“ klubi va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 11-iyul 1986-yil | ||
| Tavallud joyi | Kumasi, Ghana | ||
| Boʻyi | 1.75 m | ||
| Ampluasi | chap himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Cornerstones | |||
| Feyenoord Fetteh | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2003-2007 | Feyenoord | 0 | (0) |
| 2004-2005 | → Antwerp (ljara) | 24 | (3) |
| 2005-2007 | → Mechelen (ljara) | 36 | (1) |
| 2007-2009 | Mechelen | 52 | (1) |
| 2009-2013 | Utrecht | 102 | (10) |
| 2013-2020 | Gent | 215 | (3) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2007-2012 | Ghana | 5 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-avgust uchun) | |||
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nana Asare oʻz faoliyatini Ganada joylashgan Gollandiyaning „Feyenoord“ klubining xalqaro akademiyalaridan birida boshlagan. 2003-yilda u „Feyenoord“ akademiyasiga oʻtdi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Nana Asare Belgiyaning „Antwerp“ klubiga, keyin esa „Mechelen“ klubiga ijaraga oʻtdi. Mavsum oxirida klub Asarening transferini „Feyenoord“ klubidan sotib oldi.
2009-yilda Nana Asare „Utrecht“ klubi bilan shartnoma imzolab, Gollandiyaga qaytib keldi. 1-avgust kuni „Waalwijk“ klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi. 2010-yilning 20-fevralida Nana Asare klubdagi ilk golini „Breda“ klubi darvozasiga kiritdi[1].
2013-yilda Nana Asare „Gent“ga koʻchib oʻtdi. 27-iyul kuni „Beveren“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi[2]. 2014-yilning 1-martida „Charleroi“klubiga qarshi ruakechgan duelda Nana Asare „Gent“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2015-yilda u klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. Oʻsha yilning 16-sentyabrida Fransiyaning „Lion“ klubiga qarshi oʻyinda Nana Asare Chempionlar ligasida debyut qildi[4].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda Nana Asareda Gana terma jamoasida debyut qilgan. 2008-yilda Nana Asare milliy terma jamoaning Afrika Millatlar Kubogiga daʼvogarligiga kiritildi va Nana Asare bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va bir daqiqa ham maydonga tushmagan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | Mamlakatlar | Mavsum |
|---|---|---|
| Feyenoord Ghana | 2000-2003 | |
| Feyenoord | 2003 | |
| Royal Antwerp | 2004-2005 | |
| Mechelen | 2005-2009 | |
| FC Utrecht | 2009-2013 | |
| KAA Gent | 2013-2020 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlari
Xalqaro yutuqlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бреда VS. Утрехт 0:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 20-fevral). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
- ↑ „Васланд-Беверен VS. Гент 1:1“ (ru). soccerway.com (2013-yil 27-iyul). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
- ↑ „Гент VS. Шарлеруа 2:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 1-mart). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Гент VS. Лион 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 16-sentyabr). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
