Kontent qismiga oʻtish

Namoz Berdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Namoz va familiyasi Berdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Namoz Berdiyev Berdiyevich
Tavalludi 23-yanvar 1939-yil
Ishtixon tumani, Samarqand viloyati, SSSR
Vafoti 20-iyul 2021-yil(2021-07-20)
(82 yoshda)
Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi Veterinar
Taʼlimi Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti

Namoz Berdiyev Berdiyevich (1939-yil 23-yanvar − 2021-yil 20-iyul) – tojik olimi, biologiya fanlari doktori, professor, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika xodimi[1].

Namoz Berdiyev 1939-yil 23 yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mitan qishlogʻida kolxozchi oilasida tugʻilgan.

Oʻrta maktabni tugatgach, Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining veterinariya fakultetiga oʻqishga kirdi. 1962-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlab, Tojikiston SSRning Sovet (hozirgi Temurmalik) tumanidagi „Qangurt“ sovxoziga bosh veterinar lavozimiga ishga yuboriladi.

Namoz Berdiyev 1964-1967-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya meditsina ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti sifatida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiya mavzusi „Tojikiston janubidagi hududlarida endemik buqoq choʻchqalarda yod tanqisligi“.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya meditsina ilmiy-tadqiqot institutida dastlab kichik, keyinroq katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

1969-yildan katta ilmiy xodim, 1976-yildan Tojikiston tibbiyot instituti markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri boʻlgan.

1982-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1990-yilda professor unvoni berilgan. „Hayvonlarning yuqori balandlik sharoitida moslashishi va tabiiy qarshiligi“ mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

Tojikiston davlat tibbiyot universitetida „Genetika asoslari“ kafedrasi mudiri, bir vaqtning oʻzida universitet xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

Uning rahbarligida 12 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori tayyorlandi.

7 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya muallifi (hammuallif).

Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika xodimi.

2021-yil 20-iyulda koronavirus tufayli vafot etdi[2].

Rafiqasi Munavvara Berdiyeva oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Namoz Berdiyevning 7 nafar farzandi bor.

  1. „Воспоминания о пройденном“. www.narodnaya.tj. 2023-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. „В Душанбе скончался видный ученый Намоз Бердиев“. www.tj.sputniknews.ru. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.