Kontent qismiga oʻtish

Namangan karbonam aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Namangan karbonam aksiyadorlik jamiyati – „Oʻzkimyosanoat“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxona. Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari: texnik, tozalangan karboksil-metilsellyuloza, burgilash reagenti, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari, gulqogʻoz yelimi va boshqa ishlab chiqaradi. Namangan kimyo zavodi nomi bilan 1942-yilda neftni qayta ishlash sanoati uchun karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan. 1983-yilda zavodda tozalangan karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarish boʻyicha yangi sex ochildi. 1991-yilgacha sobiq Ittifoqtar-kibiga kiruvchi respublikalarning neft-gaz sanoati ehtiyojlarini taʼminlovchi ushbu turdagi mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi edi. Korxona 1997-yildan „Karbonam“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 3-d texnik va tozalangan karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona korxona. Fargona furan birikmalari zavodida ishlab chiqariladigan sellyuloza asosiy xom ashyo hisoblanadi. Korxona mahsulotlarining 30% ichki bozorga, qolgan qismi eksportga chikariladi. Asosiy isteʼmolchilari – neftni qayta ishlash va lok-boʻyoq sanoati korxonalari. N. „K.“ A. J. yiliga 13 ming t texnik va 2,6 ming t tozalangan karboksil-metilsellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil