Namangan karbonam aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

NAMANGAN "KARBONAM" AKSIYADORLIK JAMIYATI - "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxona. Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari: texnik, tozalangan karboksilmetilsellyuloza, burgilash reagenti, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari, gulqogʻoz yelimi va boshqa ishlab chikaradi. Namangan kimyo zavodi nomi bilan 1942 yilda neftni qayta ishlash sanoati uchun karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan. 1983 yilda zavodda tozalangan karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarish boʻyicha yangi sex ochildi. 1991 yilgachaz-d sobiq Ittifoqtar-kibiga kiruvchi respublikalarning neft-gaz sanoati ehtiyojlarini taʼminlovchi ushbu turdagi mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi edi. Korxona 1997 yildan "Karbonam" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 3-d texnik va tozalangan karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona korxona. Fargona furan birikmalari zavodida ishlab chiqariladigan sellyuloza asosiy xom ashyo hisoblanadi. Korxona mahsulotlarining 30% ichki bozorga, qolgan qismi eksportga chikariladi. Asosiy isteʼmolchilari — neftni qayta ishlash va lok-boʻyoq sanoati korxonalari. N. "K." A.J. yiliga 13 ming t texnik va 2,6 ming t tozalangan karboksil-metilsellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil