Najmiddinov Muhiddin hoji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Najmiddinov Muhiddin hoji (1888, Andijon — 1964) — xalq sozandasi (dutor, tanbur) va xonandasi. Bobosi Shamsiddin va otasi Najmiddin hofizlardan dutor va tanbur chalishni hamda Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllarini oʻrgangan. Toji Mubtalodan "Uz zol", "Ilgʻor", "Ajam Sheroziy", "Nasrulloyi", "Navroʻzi ajam" yoʻllarini oʻzlashtirgan. Ayniqsa, "Kurd", "Choʻli kurd", "Sayqal" va boshqa kuylarni dutorda mahorat bilan ijro etgan.

1924-yil Andijonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil qilgan milliy musiqa toʻgaragida musiqa rahbari boʻlgan. Oʻzbek davlat konsert-etnografik truppasi (1926-1928), Hamza teatri (1929-1930)da sozanda, Samarqand viloyat musiqali drama teatri (1930-1931) hamda 1931-yildan Qoʻqon temiryoʻlchilar teatrida musiqa rahbari. Viktor Uspenskiy va Ilyos Akbarov 1931-yildan Muhiddin hojidan bir qancha yirik kuy va ashulalar yozib olishgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil