Ilyos Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilyos Akbarovich Akbarov (1909.5.5, Toshkent) — o‘zbek musiqashunosi. Bi-rinchi o‘zbek musiqa folklorshunoslaridan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1956). San’atshunoslik institutida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), "O‘zdavnashr"da musiqa bo‘limining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943 yildan)da o‘qituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), prof. (1979 yildan). Farg‘ona vodiysi va Xorazm viloyatlari-da o‘zbek va uygur xalq kuylarini to‘plab, ayrimlarini nashr ettirgan: "O‘zbek 257ashulalari" (M., 1934, H. Muhamedova bilan hamkorlikda), "30 ashula" (M., 1935), "O‘zbek xalq qo‘shiklari" (T., 1939), "Muqimiy va Furqat ashulalari" (T., 1959) va boshqa Ilk o‘zbek bolalar qo‘shiklari ("Biz kuylaymiz", T., 1939), "Musiqa lug‘ati" (T., 1987, 2-nashri —1997), darslik va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofot-langan (2000).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil