Najmiddinov Haydar
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Najmiddinov Haydar (1850-1922) – oʻymakor naqqosh, Fargʻona oʻymakorlik maktabi asoschisi. Otasi usta Najmiddindan hunar oʻrgangan. 1890-yildan Qoʻqonda oʻyma naqshli eshiklar va bezaklar yaratgan; binolarning sharafa, muqarnaslarini yaratishga, musiqa asboblarini badiiy bezashga mohirligi bilan shuhrat qozongan. „Parang“ („ustasi parang“) laqabini olgan. Ijodida pargari naqsh (30 dan ortiq turi) dan foydalangan; u bezagan koʻp qirrali kursi, lavh, qutichalar jozibadorligi bilan ajralib turadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |