Najmiddin Jalolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Najmiddin Jalolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil 1-aprel
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Andijon viloyati, Xartum
Vafoti 2009-yil 14-sentabr (37 yoshida)
Pokiston

Najmiddin Jalolov (ruscha: Наджмуддин Камолитдинович Джалолов; Nadjmuddin Kamolitdinovich Djalolov; Abu Yahyo Muhammad Fotih; 1972-yil 1-aprel — 2009-yil 14-sentyabr) — Markaziy Osiyoning yirik mintaqasida faoliyat olib boruvchi Al-Qoida bilan bogʻliq „Jamoat al-Jihod al-Islomiy“ jangari tashkilotining rahbari boʻlgan. Ushbu guruh, shuningdek, Rossiya va G‘arbiy Yevropada ham oʻz hujumlarini uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan[1].

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Jalolov Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Xartum shahrida tavallud topgan. U Al-Qoida lagerlarida minalar va portlovchi moddalar boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan va Tolibon tomonidan Afgʻoniston va Pokistonda olib borilgan operatsiyalarda ishtirok etgan[2].

Terrorchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Jalolov Al-Qoidaga aloqador O‘zbekiston islomiy harakatining (O‘IH) sobiq aʼzosi bo‘lgan. 2000-yilda Najmiddin Jalolov O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan sirtdan terrorchilikda aybdor deb topilgan[3]. Jalolov 2000-yillarda Oʻzbekiston islomiy harakatini tark etgan va Islomiy Jihod Ittifoqida qatnashgan[2].

Amerika Qoʻshma Shtatlari Moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Najmiddin Jalolov 2007-yilning sentyabr oyida Germaniyaning bir nechta hududlariga hujum uyushtirish rejasida potensial guruh rahbari hisoblangan. 2006-yilda Markaziy Osiyodagi terroristik nishonlarni, xususan, gʻarblik mehmonlarga xizmat koʻrsatadigan mehmonxonalarni yoʻq qilish ishlariga rahbarlik qilgan[4].

Najmiddin Jalolov Tolibon yetakchisi Muhammad Umar, uygʻur jangarisi Abu Muhammad va Al-Qoida yetakchisi Usoma bin Lodin bilan bogʻlangan. 2004-yilda esa AQSh elchixonasi va Toshkentdagi Isroil elchixonasiga hujum uyushtirish uchun buyruq bergan[2].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Jalolov 2009-yilning 14-sentabrda Pokistonda AQShning Predator uchuvchisiz havo hujumida halok bo‘lgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Drone Attacks Target Pakistan Militants“. wsj.com. Qaraldi: 2009-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sandee. „The Islamic Jihad Union (IJU)“. NEFA Foundation (2008-yil 14-oktyabr). 2012-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  3. Central Asia's Security: Issues and Implications for U.S. Interests (Wayback Machine saytida 2006-09-08 sanasida arxivlangan) CRS Report for Congress
  4. „Drone Attacks Target Pakistan Militants“. wsj.com. Qaraldi: 2009-yil 17-sentyabr.
  5. „U.S.: CIA Drone Kills 2 Al Qaeda Commanders“. Fox News (2009-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.