Najim Hamroyev
Najim Rahimovich Hamroyev (1933.10.1, hozirgi Navoiy viloyati Karmana shahri — 17.4.2016) — muhandis gidrotexnik-meliorator olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi akademik (1991), VASXNIL (1983), 1991-yildan Rossiya Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi, texnika fanlari doktori (1983), professor (1991). Mehnat Qahramoni (1981). Oʻzbekistonda (1983), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1979), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1977). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1957). "Oʻzbekgidroenergoqurilish" trestida muhandis (1958), Xish-rov GES qurilishi bosh muhandisi, qurilish boshligʻi (1959-60), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Ishlar boshqarmasi qurilish boʻlimida katta referant (1960—62), Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-63), Amu-Bu-xoro mashina kanali qurilishi boshqarmasi boshligʻi (1963—65), OʻzSSR ministrlar Soveti Suv qurilishi bosh boshqarmasi boshligʻi (1965 — 71), SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bosh boshqarmasi ("Glav-sredazirsovxozstroy") boshligi (1971—85); Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish Kengashida boʻlim mudiri (1985—90), Oʻzbekiston Suv qurilishi davlat qoʻmi-tasi raisining birinchi oʻrinbosari (1990—91). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Suv muam-molari instituti direktori (1991—96), bosh ilmiy xodim (1998—2002), ilmiy maslahatchi (2002-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori (1997-98).
Ilmiy ishlari choʻl va chala choʻl mintaqalarini sugʻorish va kompleks oʻzlashtirish, agrosanoat majmualarini barpo etish, suv xoʻjaligi va meliorativ sistemalar va inshootlar qurilishini tashkil etish hamda ularni ishlatish, yirik yer massivlarini oʻzlashtirishning ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga bagʻishlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |