Naimjon Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naimjon Rahimov
Tavalludi 2-may 1951-yil
Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2011-yil (60 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fizik olim
Sohasi fizika
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Naimjon Rahimov (1951-yil 2-may, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2011-yil, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Naimjon Rahimov 1951-yil 2-may Namangan tumanidagi Rovuston qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1968—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan[2]. Naimjon Rahimov Namangan davlat pedagogika instituti fizika kafedrasining oʻqituvchisi (1978—1979), katta oʻqituvchi (1979—1981), dotsent (1982—1988), kafedra mudiri (1988—1993), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1993-2000), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (2000—2005), kafedra mudiri (2005—2011) lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda „Geterooʻtishlar asosidagi tiristorlarni tayyorlash va oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1988-yilda „Koʻp qatlamli geterotuzilmalarning yarimoʻtkazgichli elektronikada qoʻllanishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. Olim 1 ta monografiya va 5 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 15 ta ixtiro, 70 dan ziyod ilmiy maqolalari muallifi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2. 2,0 2,1 Q. Nosirov, S. Saydaliyev, A.Turdaliyev. Safimizdagi ustozlar, Namangan, 2008. 

Andoza:OʻTOE