Nabonid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nabonid — Bobilning soʻnggi podshosi (miloddan avvalgi 556—539 ylarda hukmronlik qilgan). Oromiylarlan. N. Eron bilan kurashish uchun Gʻarbiy Osiyoning barcha oromiy qabilalarini yagona davlatga birlashtirishga harakat qilgan. Arabistondagi Taymu va boshqa viloyatlarni tobe ettirish uchun 10 yil kurashgan, oʻgʻli Valtasarni Bobil noibi qilib tayinlagan. Diniy islohotlar oʻtkazgan, Oy maʼbudi Sinaga homiylik qilgan. 539 yil kuzida Bobil forslar tomonidan bosib olingan. N. asir olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil