Kontent qismiga oʻtish

Muzayyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan bin Muhammad Ali bin Muhammad Muzayyin (vaf. 939) – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi.

Kasbi sartaroshlik boʻlgani uchun “Muzayyin” nomi bilan shuhrat topgan. Junayd Bagʻdodiy, Sahl bin Abdulloh Tustariy, Abu Jaʼfar Majzum, Abubakr Magʻoziliy, Abu Amr Nujayd, Abu Abdulloh Xafif Sheroziy, Muʼammil Jassos, Abu Yaʼqub Aqtaʼ bilan hamsuhbat boʻlgan. Ansoriyning guvohlik berishicha, bir-biriga xolavachcha boʻlgan ikkita shayx ana shunday nisba bilan atalgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.