Kontent qismiga oʻtish

Muʼammil Jassos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muʼammil Jassos“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf  shayxi. Sherozda yashagan. Iroq va Arabis­tonga safar qilgan. Jaʼfar Hazzo, Abu Abdulloh Xafif Sheroziy, Abulhusayn Muzayyin, Ali bin Shulluya bilan hamsuhbat boʻlgan. Garchi yozuv-chizuvdan bexabar boʻlsa-da, tavhid va irfon ilmining yirik bilimdoni sanalgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.